Rossiyaning bir qator hududlarida suv toşqini va uning oqibatlariga qarşi kuraş davom etmoqda. Tyumen viloyati gubernatori Aleksandr Mur 19 aprel, juma kuni Işim daryosi böyidagi Kazanskoye qişloği yaqinida joylaşgan aholi punktlarida yaşovçilarni imkon qadar tezroq evakuatsiya qilinişga çaqirdi. «Suvning bunday darajasi 1947 yildan beri kuzatilmagan», dedi viloyat rahbari Kazanskoye çekkasidan olingan aerofotosuratlarni Telegram-kanaliga joylaştirgan holda. 

Işim daryosidagi suv sathi ölçaş stansiyasida 19 aprel kuni tuşga qadar 750 santimetrga kötarilgan, biroq rasmiy ma’lumotlarga köra, 800 sm kritik belgidan öta olmadi. Bir kun avval bu körsatkiç 483 santimetr edi. Işim şahridan taxminan 75 kilometr janubda joylaşgan Ilinka qişloğida suv sathi bir sutkada yetti santimetrga tuşib, 883 santimetrga yetdi, ammo bu körsatkiç hanuzgaça xavfli çegaradan – 800 santimetrdan yuqori, deb ta’kidladi viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi. 

Töqqizta aholi punkti bilan aloqa uzilib qolgan

Şu bilan birga, Tyumen viloyatida suv toşqini tufayli aloqa uzilgan aholi punktlari soni töqqiztaga yetdi, deya xabar beradi viloyat yonğin xavfsizligi xizmati. Kazanskoye tumanining Malaya Çençer qişloği hamda Işim tumanining Orlovka va Koşkaragay qişloqlarida yöl harakati töxtatildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boşqarmasi ma’lumotlariga köra, 93 ta xonadon suv ostida qolgan. 

Ayni paytda, jabrlangan hudud janubidagi Kazanskoye tumanida suv toşqinidan himoyalaniş böyiça maxsus ibodat marosimi ötkazildi. Bundan taşqari, şahar uzra parvoz paytida samolyot bortida Işim hokimiyati taşabbusi bilan suv toşqinidan himoyalaniş yuzasidan ibodat marosimi taşkillaştirildi. 

Kurgan viloyati: Töğonni mustahkamlaş va suvning 30 yillik maksimal darajasi 

Ayni paytda, Kurgan viloyatida 18 aprel keçki payt Tobolda bir qator hududlarda suv sathi 1994 yildagi maksimal darajadan oşib ketdi, dedi viloyat gubernatori Vadim Şumkov. Kurganda Voronovka va Vostoçniy mikrorayonlaridagi töğon mustahkamlanib, balandligi 11,5 metrga yetkazildi. 

Mintaqada keskin vaziyat saqlanib qolmoqda, dedi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkov. Viloyatda 1941 ta turar joy va 3380 ta qişloq uylari suv ostida qolgan, deb ta’kidladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boşqarmasi. 8 apreldan boşlab favqulodda holat joriy etilgan. Yaqin kunlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kurgan yaqinida va Ketovskiy okrugida suv sathi kötarilişini kutmoqda.