«Uzoq kutdik, tayyorlandik, oxiri buni uddaladik», — deya qisqa javob qaytargan Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov Ukraina böylab navbatdagi zarbalar yöllaşda qatnaşgan Rossiyaning Tu-22MZ strategik bombardimonçi samolyoti qanday urib tuşirilgani haqida.

«Ötgan haftani „pistirma“ haftasi deyiş mumkin. U kerakli nuqtaga kelişini kutdik», — deya izohlagan razvedka rahbari BBC Ukraina xizmati muxbiri bilan suhbatda. U tafsilotlarni oçiqlaşni istamasligini bildirgan. Ammo samolyot 308 km masofada yöq qilinganini aytgan. Va unga zarba beriş uçun avvalroq A-50 samolyotini havoda yöq qiliş uçun qöllangan usul va vositalardan foydalanilgan.

Boş razvedka boşqarma ma’lumotiga köra, Rossiyada hali bunday samolyotlardan yana bor. «Ammo bu mazkur uruşda şunday masofada harakatlanuvçi samolyotning ilk bor urib tuşirilişi böldi. Odessadagilarga endi osonroq böladi», deya qayd etgan u.

Budanov Tu-22M3 samolyoti Odessaga eng köp vayrongarçiliklar keltirgan X-22 raketalarini uçirganini qayd etgan.

Uning sözlariga köra, bunday kuçli va tez uçuvçi raketalarni «tutib oliş imkonsiz».

Ammo, sovetlar davrida işlab çiqarilgani uçun bunday raketalarning aniqligi «u qadar katta emas».

Şuning uçun ham «fuqarolik qurilmalarining katta qismini aynan şunday raketalar» vayron qilgan.

«Endi rossiyaliklar raketalar uçiriş uçun yangi uçiriş maydonlari qidirişiga töğri keladi va ular «Odessaga zarba beriş uçun faqat quruqlikdagi komplekslar, uzoq masofali aviatsiya va dengizdan foydalanişga majbur böladi», — degan Budanov.

«Men umid qilamanki, endi X-22 raketalarini körmaymiz», — deya taxmin qilgan ukrainlarning boş razvedkaçisi.

«Birinçi zarba yoki texnik nosozlik»?

Avvalroq ukrainalik harbiylar 19 aprel kuni ilk bor rossiyaliklarning Tu-22M3 rusumli strategik bombardimonçisini urib tuşirişga muvaffaq bölişganini ma’lum qilişgandi. Bu X-22 qanotli raketalari taşuvçisi hisoblanadi, u juma kuni amalga oşirilgan navbatdagi yopirilma zarbalarda iştirok etgan bölişi mumkin.