Dunyoda sodir bölgan voqea va hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning kundalik şarhi bilan taniştirişda davom etamiz.

Ğazodagi vaziyat

Isroil agressiyasining Ğazodagi qurbonlari soni 34 mingdan oşdi. Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, halok bölganlar soni 34 ming 49 kişiga yetgan. Ularning kamida 14 ming 685 nafari voyaga yetmagan bolalar, kamida 9670 nafari ayollardir. Yaradorlar soni 76 ming 901 kişini taşkil etmoqda.

Sönggi sutka içida Isroil hujumlari tufayli 37 kişi öldirilgan, 68 kişi yaralangan.

Bu orada Barbados Falastin davlati mustaqilligini tan oliş istagini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Kerri Simmonds bayonot bergan. Bu amalga oşsa, Falastinning mustaqilligini tan olgan va u bilan diplomatik aloqa örnatgan BMTga a’zo davlatlar soni 139 taga yetadi. Ular orasida Özbekiston ham bor.

AQŞ Vakillar palatasi Isroilga 26 mlrd dollarlik harbiy yordam körsatişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini ma’qulladi. Falastin prezidenti matbuot kotibi Nabil Abu Rudayna Falastindagi tinçlik mintaqa va dunyoda barqarorlikka olib keladigan yagona yöl ekanini ta’kidladi.

«AQŞning Isroilga berayotgan yordami Falastin xalqiga qarşi zulmni yanada avj oldiriş va tajovuzni ifodalaydi, Isroilga mintaqadagi barça mamlakatlarni qamrab olişi uçun uruş kölamini kengaytirişda yaşil çiroq yoqadi», — degan Rudayna.

Turkiya Yaqin Şarq haqida

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani qabul qildi. Erdöğan Haniya bilan Isroilning Falastin yerlariga hujumini muhokama qilgan.

Uçraşuvda Erdöğan Isroil falastinliklarga qilayotgan zulmi uçun kuni kelib albatta javob berişini ta’kidlagan. Şuningdek, Turkiya tomoni Isroilga bir qator sanksiyalarni qöllagani aytib ötilgan. Erdöğan adolatsiz uruş çoğida falastinliklarning bir tan-u bir jon bölib harakat qilişi muhim omil ekanligiga urğu bergan.

Turkiya jahon hamjamiyati e’tiboriini falastinliklarga nisbatan qöllanayotgan zulmga qaratiş borasida diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirişini bildirgan.