Quyidagi fotosuratda aholi xonadonining taşqi körinişi. Unda hayot qaynaydi.

Mana bu xonadonda tinç va osoyişta turmuş tarzi davom etadi. Tabiiyki, bu uylarda ertamiz egalari bölgan bolajonlar ham ösib ulğaymoqda.

Navbatdagi tasvirda bir oila hovlisini örab turgan devor va orqa darvozasi. Bu mulk ham bir yurtdoşimiz uçun qadrdon aslida..

Tasvirlardagi bu imoratlarni umumlaştiruvçi bitta jihat bor - ularni yuqori bosimli magistral gaz quvurlaridan bir neça metrgina masofa ajratib turadi. Bu esa potensial xavf degani! Respublikamizdagi 13 400 kilometrga yaqin magistral gaz quvurlarning muhofaza maydonlarida şu kabi yana 3526 ta qurilma bor.

Ayni paytda “Öztransgaz” AJ xodimlari tomonidan quvurlar atrofidagi obektlarning egalariga quvurlarni işlatişga xalaqit berişi mumkin bölgan tadbirlarga yöl qöymaslik va qurilmalarni xavfsiz joylarga köçiriş böyiça ogohlantiriş xatlari tarqatilyapti. Joriy yil birinçi çoragida mana şunday xatlardan 6200 tasi tarqatildi.

Magistral gaz quvurlari himoya maydonlaridan foydalanişning mezonlari mavjud. Tartiblarga töliq amal qilinmagani sababli bugungi kunda gaz transport tizimi atrofida noqonuniy qurilmalar soni ortgan. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 9 dekabrdagi qarori mavjud muammolar yeçimi uçun zarur huquqiy asos böldi. “Gaz transporti tizimi obektlarini muhofaza qiliş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qaror bu borada hukumat darajasida qabul qilingan dastlabki hujjat bölib, 2024 yil 9 martdan kuçga kirdi.

Hujjatda magistral gaz quvurlarini muhofaza qiliş va gaz transporti tizimining muhofaza hududlari ölçamlarini aniqlaş tartiblari, bu maydonlarda işlab çiqariş işlarini taşkil etiş va amalga oşirişga oid talablar belgilandi. Tizim obektlari joylaşgan hududlarda jismoniy va yuridik şaxslarning qoidalarga rioya etiş majburiyligi qat’iylaştirildi. Magistral gaz quvurlari böylab har ikki tomonidan quvur öqiga nisbatan yer uçastkasi muhofaza maydoni çegaralari belgilab qöyildi.