Britaniya parlamentining yuqori palatasi hukumat bosimi ostida Britaniya hududini noqonuniy kesib ötgan migrantlarni Afrikaning Ruanda davlatiga deportatsiya qiliş haqidagi bahsli qonun loyihasini qabul qildi. Qonun loyihasi 23 aprel kuni Lordlar palatasi tomonidan ma’qullandi, deb yozdi Deutsche Welle.
Avvalroq, Britaniya boş vaziri Rişi Sunak parlament 23 aprelgaça qonunni ma’qullaşi kerakligini ta’kidlab, «Heç qanday «ammo, lekin» bölmaydi, bu reyslar Ruandaga jönatiladi», degan edi.
Parlamentning har ikki palatasida allaqaçon qabul qilingan qonun loyihasi Britaniya qiroli Çarlz III tomonidan imzolanganidan keyin kuçga kiradi.
Konservativ hukumatning umid qilişiça, Markaziy Afrikaga yuboriliş istiqboli minglab ehtimoliy noqonuniy migrantlarning Britaniyaga qayiq orqali kelişiga tösqinlik qiladi.
Qonun loyihasiga köra, Buyuk Britaniyaga noqonuniy kirgan barça migrantlar Ruandaga tijorat reyslari orqali deportatsiya qilinadi, ular u yerda boşpana söraşi mumkin.
Ular Buyuk Britaniyaga qaytarilmaydi. Hukumat bu çoralar bilan yiliga ön minglab noqonuniy migrantlar oqimini tösib qöymoqçi va odam savdosi bilan şuğullanuvçi kontrabandaçilar biznesini yöq qilmoqçi.
Ruandaga noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilişni 2022 yilda Buyuk Britaniyaning öşa paytdagi boş vaziri Boris Jonson taklif qilgan edi. Bu bilan u La-Manş böğozi orqali noqonuniy migrantlarni taşiş böyiça biznes modelni yöq qilişni közlagan.
Şu bilan birga, Buyuk Britaniya va Ruanda migratsiya böyiça hamkorlik töğrisida şartnoma imzoladi va London Ruanda iqtisodiyotini rivojlantirişga 120 million funt sterling sarmoya kiritişga va noqonuniy migrantlarning bu mamlakatda qolişini, ularning integratsiyasini moliyalaştirişga va’da berdi.
2023 yil noyabrida tegişli qonun loyihasining qabul qilinişiga Buyuk Britaniya Oliy sudi tomonidan taqiq qöyildi. Sud Ruandani migrantlar uçun xavfsiz mamlakat emas degan qarorga asoslandi.
Şundan söng, Sunak hukumati Ruanda bilan şartnomaning yangi tahririni imzoladi. Unda Ruanda tomonidan noqonuniy migrantlarni öz vataniga qaytarib yubormaslik kafolatlari bor.













