Yevropa Ittifoqi Gurjiston hukumatini «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun loyihasini qaytarib olişga çaqirmoqda. Bu haqda Yevroparlament minbarida 23 aprel, seşanba kuni bölib ötgan debatlar çoğida inqirozlarni boşqariş böyiça Yevropa komissari Yanez Lenarçiç aytdi.
«Bu qonun loyihasi Yevropa me’yorlari va qadriyatlariga töğri kelmasligi aniq, agar u qabul qilinsa, Gurjistonning kelajakdagi Yevropa yölini xavf ostiga qöyadi», dedi Yevropa komissari. Gurjiston parlamenti qonun loyihasini 17 aprel kuni birinçi öqişda qabul qildi.
YeI komissari Gurjiston hukumatini birlaşişga çaqirdi
Lenarçiç eslatganidek, 2023 yil mart oyida Gurjiston hukmron partiyasi ham xuddi şunday qonunni qabul qilişga urinib körgan, biroq ommaviy noroziliklardan söng «öz fuqarolariga bunday qonun boşqa körib çiqilmasligini va’da qilgan holda» bu qadamdan voz keçgan. Ötgan dekabrda Yevropa kengaşi Tbilisiga YeI a’zoligiga nomzod maqomini bergan edi. «Gurjistonning kelajagi Yevropa Ittifoqida, bizning eşiklarimiz oçiq», dedi Yevropa komissari va Gurjiston rahbariyatini «mamlakatni Yevropa yölidan uzoqlaştirmaslikka» çaqirdi.
«Çet el agentlari» qonuniga köra, moliyalaştirişning 20 foizdan ortiğini xorijdan oladigan nodavlat taşkilotlar va ommaviy axborot vositalari xorijiy manfaatlarni olğa suruvçi taşkilot sifatida röyxatdan ötişi şart. Lenarçiç fikriça, bunday qonun Gurjistondagi fuqarolik jamiyatining erkin faoliyat yuritiş imkoniyatini çeklaydi. Bundan taşqari, yangi huquqiy me’yor Gurjiston fuqarolarining YeIdan qöllab-quvvatlanişiga ta’sir qiladi, çunki «bu yordamning bir qismi nodavlat taşkilotlari orqali keladi», dedi Yevropa komissari.
Lenarçiç Gurjiston hukumatini «Yevropa Ittifoqiga qöşiliş maqsadi atrofida milliy konsensus yaratişga» çaqirdi. Gurjistondagi barça hokimiyat tarmoqlari bir-biri bilan va fuqarolik jamiyati bilan konstruktiv hamkorlik qila boşlagandagina bu maqsadga erişiş mumkin, dedi Yevropa komissari.













