Rossiyaning Siktivkar şahri sudi şaxmatçi Garri Kasparovni «terrorçilik hamjamiyatini» taşkil etiş, «terrorçilik faoliyatini» moliyalaştiriş va terrorizmga ommaviy çaqiriqlarda ayblab, sirtdan hibsga oldi.
U bilan birga Rossiya Davlat Dumasi sobiq deputati Gennadiy Gudkov, faol Yevgeniya Çirikova va «Solidarnost» harakatining sobiq ijroçi direktori Ivan Tyutrin ham xuddi şu ayblovlar bilan sirtdan hibsga olingan. Ayblovning syujyeti va tafsilotlari ma’lum emas.
Garri Kasparov 60 yoşda. 1985 yilda Anatoliy Karpovni mağlub etib, jahonning ön uçinçi çempioni bölgan. Butunjahon şaxmat olimpiadalarining 8 karra ğolibi.
2016 yilda Litvada yaşovçi Kasparov «Forum svobodnoy Rossii» harakati asosçilaridan biri böldi. Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan beri taşkilot uruşga qarşi konferensiyalar ötkazib, unga Rossiya muxolifatining turli vakillarini taklif qilmoqda.
2022 yil may oyida Rossiya Adliya vazirligi Kasparovni «çet el agenti» deb e’lon qildi. 2023 yil 1 fevralda Boş prokuratura «Forum svobodnoy Rossii» harakatini «nomaqbul» taşkilot deb e’lon qildi.
2024 yil mart oyida «Rosfinmonitoring» taşkiloti Kasparovni «terrorçilar va ekstremistlar» röyxatiga kiritgan edi.
Garri Kasparov Rossiya va Xorvatiya fuqaroligiga ega.












