Investor “Döstlik” boğida önga yaqin attraksionlar, Abdulla Qodiriy boğida esa restoranlar qurmoqçi.
“Döstlik” boğida şovqin-suronli attraksionlar va boşqa qurilişlar bölişiga qarşi çiqayotgan aholi vakillari petitsiya tayyorlab, imzo töplaşni boşlab yuborgan.
“Hozirgi park bizga ma’qul. U tinç va sokin, maysada yotsang ham böladi, bolalar bexavotir dam olib, samokat uçişi mumkin, – degan Gazeta.uz bilan suhbatda yakkasaroylik Aida. — Bizga musiqiy favvora va muz maydonçasining mutlaqo keragi yöq, çunki bu yerdan unça uzoq bölmagan joyda boşqa köngiloçar parklar bor. Afsuski, bu yerda şundoq ham uylar qurib yotişibdi, qurilişlar boğimizni qurşab olyapti. Taqdimotning özidan körinib turibdiki, biz kamida 30 foiz daraxtdan ayrilamiz. Agar davlat yordam bermoqçi bölsa, suğoriş uçun pul ajratsin, çunki orada özimiz çelakda suv taşib, daraxtlarga quydik”.
Davletovuz Telegram-kanali muallifi hozirgidek oğir ekologik şaroitda ijtimoiy ne’mat bölmiş boğlar xususiylaştirilmasligi, xususiy qöllarga turli nomlar ostida berilmasligi kerakligini aytdi.
“Agar taşlandiq bölib qolgan bölsa, uning yeçimi xususiy sektorga berişda emas. Atayin qarovsiz qoldirib, moliyaviy resurs ajratmasdan taşlandiq holga keltirib, közni şamğalat qilişdan boşqa narsa emas bu. Balandparvoz va’dalarga işonmaslik lozim”, – deya yozdi bloger.
Davletovuz kanali ayni şu investorga berilgan Ğafur Ğulom parki “boşdan-oxir tadbirkorga pul keltiradigan tijorat maskaniga” aylanganidan yozğirgan. “Har bir qariçida pul keltiradigan matohlar örnatilgan. Xalq hatto u yerdagi daraxtlar soyasidan ham qariyb mosuvo bölib ulgurgan. Xalqqa törtta-beşta skameyka, 300-400 metr piyoda yurişdan boşqa bepul heç narsa qolmagan”, – deydi jamoatçilik faoli.
Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev ham boğlarning investorlarga berilişini qoralab çiqdi. U boğlar xalqqa qaytarilişi kerakligini aytib, “şaharning öpkasi bölgan boğlar taqdirini xavf ostida qoldiriş jinoyat bilan teng” degan fikrni bildirdi.













