Toşkent şahrida 31 yoşli şaxs köplab fuqarolarni katta miqdordagi pulga çuv tuşirib ketdi. Bu haqda jabrlanuvçilar Kun.uz’ga murojaat qilişdi.
Murojaatçilarga köra, 1993 yilda tuğilgan Termurboy Qodirov odamlarga Xitoy davlatidan maşina keltirib berişni va’da qilgan. U odamlarni işontirib, dastlabki tölov sifatida 35 nafar fuqarodan jami 250 ming dollardan ortiq mablağ yiğib olgan. Ammo va’dasini bajarmasdan qoçib ketgan.
Kun.uz ixtiyoridagi videoda Termurboy Qodirov fuqarodan 3500 AQŞ dollarini zakalat sifatida olganini tasdiqlab, tilxat bergani körinadi.

Temurboy Qodirov odamlarni 2022 yilda davlat röyxatidan ötkazilgan, ammo hozirda faoliyat körsatmayotgan “Igcc Foundation” MÇJ orqali göyoki hammasi qonuniy ekanligiga işontirgan. Oçiq manbalarga köra, Qodirov mazkur MÇJ rahbari bölgan.

Kun.uz’ning içki işlar organlaridagi manbasiga köra, Temurboy Qodirovga nisbatan Çilonzor tuman IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (juda köp miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda unga qidiruv e’lon qilingan. Manbaning aytişiça qidiruvdagi şaxs ayni paytda Turkiya davlatida ekani ma’lum.
















