Isroillik va ğarblik mulozimlar fikriça, Isroil rasmiylari Haagadagi Xalqaro jinoiy sud Ğazo sektoridagi amaliyotlar bilan boğliq ayblovlar böyiça qator yuqori martabali amaldorlarni hibsga oliş uçun order berişga tayyorlanmoqda deb hisoblamoqda. Bu haqda The New York Times naşri xabar tarqatgan.
Manbalarga köra, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni ham hibsga oliş uçun order berilişi mumkin, bu esa mahalliy rasmiylarni qattiq taşvişga solmoqda.
Xalqaro jinoiy sud Netanyahuni hibsga olişga order berişga tayyorlanayotgani töğrisida avvalroq Isroildagi Maariv gazetasi ham xabar tarqatgandi. Naşr ma’lumotiga köra, boş vazir voqealarning bunday rivojidan «qattiq xavotirda» va sönggi kunlarda «ehtimoliy jinoiy javobgarlikni bekor qiliş uçun juda köplab telefon qönğiroqlari ötkazgan». Jumladan, Netanyahu AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan ham qönğiroqlaşgan.
Sud Netanyahudan taşqari Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant va Mudofaa kuçlari ştabi rahbari Gersi Xalevini hibsga olişga order berişi mumkin.
Agar sud hibsga oliş uçun order bersa, Netanyahu Sudanning ağdarilgan prezidenti Omar al-Başir va 2023 yilda Ukrainadagi bolalarni noqonuniy ravişda deportatsiya qilişda ayblangan Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi çet el rahbarlari bilan bir toifaga kiradi.
NYT manbalarining sözlariga köra, isroillik rasmiylar Ğazoga insonparvarlik yordami yetkazilişiga tösqinlik qilişda hamda Hamasning 2023 yil 7 oktyabridagi hujumiga «haddan taşqari qattiq javob qaytariş»da ayblanişi mumkin. Şuningdek, Haaga sudi Hamas yetakçilarini hibsga olişga order beriş masalasini körib çiqmoqda, ammo hozirça aynan kimlar uçun order berilişi mumkinligi haqida ma’lumot yöq, deyiladi maqolada.













