Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
“Mamlakatimizda geologiya sohasiga har yili 1 trillion sömdan mablağ ajratilib, manzilli dasturlar amalga oşirilmoqda. Natijada ötgan yili toğ-kon sanoatida işlab çiqariş hajmi qariyb 11 milliard dollarga yetdi. Lekin bu, asosan, qimmatbaho va rangli metallar yönalişida bölib, sanoat uçun muhim minerallar böyiça foydalanilmagan juda katta zaxira mavjud. Xususan, yurtimizda 32 turdagi şunday qazilma boyliklari bor.
Şu bois 15 yanvar kuni ötgan taqdimotda davlatimiz rahbari bu yönalişdagi imkoniyatlarni işga soliş böyiça topşiriqlar bergan edi. Bugungi yiğilişda şu borada boşlangan işlar, reja va takliflar körib çiqildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, jahonda elektromobil, “yaşil” energetika, elektrotexnika sanoati uçun zarur kamyob metallarga talab ortib bormoqda. Şuning uçun sönggi yillarda molibden, tellur, selen, grafit narxlari keskin oşgan.
Davlat rahbari bu sohadagi ulkan imkoniyatlarni körsatib ötdi. Sanoat uçun muhim minerallar xomaşyosi hamda ularning turini kengaytiriş zarurligi ta’kidlandi.
“Hozirda yurtimizda 6 turdagi şunday mahsulot işlab çiqariladi. Bunga qöşimça platina, indiy, vanadiy metallari hamda volfram, molibden, rux, marganets kabi minerallardan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar oliş imkoniyati bor. Masalan, avvallari özimizda bölmagan kukun metallurgiyasida yiliga 300 million dollarlik, uskunalar va butlovçi qismlar yönalişida 100 million dollarlik qiymat yaratiş mumkin.
Yaqinda Yevropa Ittifoqi bilan muhim minerallar böyiça erişilgan kelişuv bu borada katta bozor oçadi”, – deyiladi xabarda.
Şulardan kelib çiqib, mutasaddilarga xorijiy ekspert va investorlar iştirokida kamyob metallar böyiça 500 million dollarlik istiqbolli loyihalar dasturini şakllantiriş topşirildi. Bu yönalişni ilm bilan rivojlantiriş, şu maqsadda loyiha ofisi taşkil etib, yetakçi institut va ilmiy markazlarni jalb qiliş zarurligi ta’kidlandi.

Yiğilişda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qimmatbaho metallar zaxirasini köpaytiriş rejalari ham körib çiqildi.












