Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) maxsus jinoiy sudi (CPS) mamlakatning sobiq prezidenti Fransua Bozizeni hibsga olişga xalqaro order berdi. Bu haqda 30 aprel, seşanba kuni AFP xabar bermoqda. Bozizening insoniyatga qarşi jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

Bozizening prezident gvardiyasi 2009-2013 yillar oraliğida Bosembele şahridagi qamoqxona va harbiy öquv markazida uşbu jinoyatlarni sodir etgani taxmin qilinadi. Sud bayonotida aytilişiça, Bozizega qarşi uning «jinoiy javobgarligini» tasdiqlovçi «jiddiy va izçil dalillar» mavjud. 

Maxsus jinoiy sud Markaziy Afrika Respublikasi sudyalari va xalqaro sudyalardan iborat. Ularning vazifalariga 2003 yilda Bozize davlat töntarişi natijasida hokimiyat tepasiga kelganidan beri MARda sodir etilgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlarni tergov qiliş va sudga tortiş kiradi. U 2013 yilgaça, «Seleka» guruhi tomonidan ağdarilganiga qadar prezidentlik qilgan. 2023 yilning martigaça 77 yoşli prezident Çadda surgunda yaşab, keyinçalik u yerdan Gvineya-Bisauga jönab ketdi. 

MARda köp qatlamli mojaro

Markaziy Afrika Respublikasi BMT tomonidan dunyoning eng kam rivojlangan davlatlari röyxatiga kiritilgan. Mamlakatda 2012 yildagi fuqarolar uruşidan beri köp qatlamli mojaro avj oldi. MAR isyonçi guruhlarning zöravonligi va resurslar, jumladan, olmoslar uçun janglardan jiddiy zarar köradi.