Markaziy Afrika Respublikasida (MAR) 30 iyul, yakşanba kuni muxolifat tanqidlari ostida konstitutsiyani özgartiriş böyiça referendumda ovoz beriş jarayoni bölib ötdi.
Taklif etilayotgan tuzatişlar, xususan, prezidentlik lavozimini ketma-ket ikki muddatdan ortiq egallaşni taqiqlovçi çeklovni olib taşlaydi, şundan söng amaldagi davlat rahbari Faustin-Arçange Tuadera yana saylovda nomzod sifatida qatnaşişi mumkin. Bundan taşqari, konstitutsiyaga özgartiriş kiritilsa, prezidentlik muddati beş yildan yetti yilgaça kötariladi, Senat esa tugatiladi, buning natijasida MAR parlamenti bir palatali böladi. Markaziy Afrika Respublikasidagi muxolifat bu kabi rejalarni keskin tanqid qilib, referendumni «nodemokratik» va «qalbaki» deb atadi.
Öz navbatida, Human Righs Watch xalqaro inson huquqlari taşkiloti referendumda ovoz beriş arafasida MARdagi siyosiy muxolifat, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalariga hukumat tomonidan bosim kuçayganini ta’kidladi.
Tuadera birinçi marta 2016 yilda MAR prezidentligini egallagan va 2020 yilda qayta saylangan. Hokimiyatga kelganidan köp ötmay, içki siyosiy vaziyatning beqarorligi fonida u mamlakat poytaxti Bangiga muntazam ravişda hujum amalga oşirgan isyonçilarga qarşi kuraşda yordam sörab Rossiyaga murojaat qildi. 2017 yildan beri Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi yollanma askarlari, mahalliy kuzatuvçilar fikriga köra, qurolli isyonçi guruhlarga qarşi kuraşda MAR qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlamoqda.












