29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand şahrida Cobalt voyaga yetmagan qizni urib yubordi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, şaharning Özbekiston köçasida Cobalt haydovçisi yölning belgilanmagan qismidan ötayotgan 8-sinf öquvçisini urib yuborgan. Oqibatda qiz tan jarohatlari olib, şifoxonaga davolaniş uçun yotqizilgan.

Voqea joyida olingan videoda boşqa bir guruh öquvçilar ham ötiş uçun yöl böşaşini kutib turganini köriş mumkin, yöl yoqasida «Bolalar» belgisi örnatilgan, ammo piyodalar ötiş joyi va svetofor mavjud emas. Qiz qatnovni kuzatgan holda yölning örtasigaça keladi, ammo katta tezlikda kelgan Cobalt uni urib yuboradi.

Holat yuzasidan dastlabki suriştiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq Yangi Namangan tumanida 17 yoşli öquvçi boşqaruvida bölgan Lacetti yöl çetidagi talabalarni urib yuborgani, YTH oqibatida ulardan biri şifoxonada vafot etgani xabar qilingandi.