Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida yaşovçi 31 yoşli J.R. ariza bilan murojaat qilib, özining bank kartasidagi 20 075 000 söm pullari noma’lum şaxs tomonidan firibgarlik yöli bilan özlaştirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi 24 yoşli P.D. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvçi sifatida tergov organlariga jalb etilgan P.D. J.R.ga özini treyderlik faoliyati bilan şuğullanişini va pullarini birja orqali oz fursatlarda köpaytirib berişini va’da qilib, aldov yöli bilan 20 075 000 miqdoridagi pul mablağlarini ötkazib olişga erişib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, P.D.ning sodir etilib, foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.












