2024 yilning birinçi çoragida UzAuto Motors'ning sof foydasi 1,29 trln sömi taşkil etgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga qaraganda 4,75 barobar (272,5 mlrd söm), 2022 yil bilan taqqoslaganda esa, 2,8 barobarga (460,5 mlrd söm) köproq.
Hisobot davrida kompaniya daromadi 11, 69 trln sömni, işlab çiqargan mahsulotlari tannarxi esa 9,3 trln sömni taşkil etgan. Ötgan yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslanganda, umumiy daromad 31,4 foizga, işlab çiqariş tannarxi esa 20,8 foizga oşgan.
Öz navbatida mahsulotlarni sotişdan olingan yalpi foyda 1,18 trln sömdan 2,38 trln sömgaça köpaygan. Xarajatlar esa 1,03 trln sömdan 1,05 trln sömga yetgan.
UzAuto Motors 2022 yilning birinçi çoragida 115 mlrd söm, 2023 yilda 54,2 mlrd söm foyda soliği tölagan bölsa, joriy yilda bu körsatkiç 223 mlrd sömni taşkil etgan.
Avvalroq, ötgan yilda UzAuto Motors 4 mlrd 852 mln dollarlik 369 ming 999 dona avtomobil işlab çiqargani va uning Özbekiston avtomobil bozorining uluşi 81,1 foizni taşkil etgani xabar qilingandi.












