2024 yilning ötgan 3 oyi davomida Özbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1 030,0 ming saqlov birligidagi 70,1 mln kadr raqamlaştirilgan. Bu haqda «Özarxiv» agentligi AOKAda ötgan matbuot anjumanida ma’lumot berdi.
Şuningdek, anjumanda qança hujjat maxfiylikdan çiqarilgani haqida ham töxtalib ötildi. Unga köra, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Özbekiston Milliy arxivi fondlarida saqlanayotgan 1917 yilgaça bölgan hujjatlardan 12 ta fond, 78 ta yiğmajilddagi hujjatlar örnatilgan tartibda maxfiylikdan çiqarilib, tadqiqotçilar uçun ilmiy muomalaga kiritilgan.
Ular quyidagilar:
– I-1 «Turkiston general gubernatorining Devonxonasi» (1868-1917y.) fondining 26 saqlov birligida;
– I-3 «Buxorodagi Russiya imperatorlik siyosiy agentligi” (1886-1918y.) fondining 2 saqlov birligida;
– I-5 «Zarafşon okrugi boşliğining Devonxonasi” (1868-1886y.) fondining 4 saqlov birligida;
– I-16 “Sirdaryo rayonida axolini köçiriş boşqarmasi” fondining 1 saqlov birligida; I-18 “Samarqand viloyati boşqaruvi” fondining 5 saqlov birligida;
– I-19 «Farğona viloyati boşqarmasi” (1876-1917y.) fondining 2 saqlov birligida; – I-46 “Turkiston bojxona okrugi boşqarmasi”fondining 2 saqlov birligida;
– I-130 “Samarqand viloyati sudi” fondining 1 saqlov birligida; I-194 «Patta Gisar bojxonasi” (1894-1916y.) fondining 7 saqlov birligida;
– I-278 “Samarqand viloyati sudi örtoq prokurori” 1 saqlov birligida; I-715 «Polkovnik A.G.Serebryannikov tomonidan tayyorlangan “Turkiston ölkasi. Uni bosib olinişi tarixiga oid materiallar töplami” mavzusiga bağişlangan hujjatlar naşriga oid ma’lumotlar (1839-1897 yy) fondining 25 saqlov birligida;
– I-722 «Turkiston xarbiy okrugi ştabi” (1865-1917y.) fondining bitta saqlov birligidagi yiğmajildlari.













