Ozarboyjon, Özbekiston va Qozoğiston özaro energetika tizimlarini bir-biriga ulaş böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat 1 may kuni Toşkentda uç davlat iqtisodiyot va energetika vazirlarining uçraşuvi yakunlari böyiça qabul qilindi. Bu haqda Ozarboyjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborovga tayanib Interfax xabar berdi. 

Jabborov ijtimoiy tarmoqlarda uşbu hujjatning amalga oşirilişi uç tomonning «yaşil» energiya işlab çiqariş va uni Ozarboyjon orqali Yevropaga eksportini taşkil etiş, energetika tizimlari integratsiyasi va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanişni ta’minlaşda özaro hamkorlik qiliş imkonini berişi haqida yozdi. 

Qozoğiston Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, hujjatga köra, iştirokçilar Kaspiy dengizi tubi böylab yuqori voltli kabel yotqiziş orqali energiya tizimlarini ulaş imkoniyatlarini örganadi. 

Qozoğiston energetika vaziri Almasadam Satqaliyevning qayd etişiça, avvalroq Kaspiy dengizi tubi böylab çuqur dengiz kabelini yotqiziş böyiça texnik şartlar loyihasi işlab çiqilgan. 

«Texnik topşiriqlar doirasida xalqaro uzatiş yölaklarini rivojlantiriş (moliyalaştiriş, daromadlar oqimi va egalik qiliş) va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yaşil energiyani sotiş böyiça taklif etilayotgan biznes modeli işlab çiqiladi. Şunga asosan Ozarboyjon, Qozoğiston va Özbekiston energetika tizimlarini özaro boğlaş böyiça uç mamlakat energetika vazirliklari örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandum loyihasi işlab çiqildi», dedi Satqaliyev. 

Qozoğiston Energetika vazirligi rahbarining sözlariga köra, bugun uşbu loyihani amalga oşirişning asosiy yondaşuvlari muhokama qilingan va kelişilgan.