Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi boşlandi. Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada prezident nutq sözlamoqda.

Qayd etilişiça, mamlakatda tadbirkorlik va biznesni qöllab-quvvatlaş maqsadida qator aniq çoralar işlab çiqilgan.

Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar böyiça soliqlardan uç yil muddatga ozod etiladi. 

Yaqinda xususiylaştiriş töğrisidagi qonun qabul qilindi. 250 ta yirik korxonaning davlat uluşini va salkam 1000 ta köçmas mulk obektlarini sotiş, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamçi ommaviy joylaştiriş (IPO) uçun yangi dastur ham işga tuşirildi.

Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik sub’yektlari uçun soliq tekşiruvlari ötkazilmaydi.