Germaniya eng mehnatkaş xalqqa ega bölgan mamlakatlar reytingida birinçi örinni boy berdi. Bild naşriga köra, tahlilçilar yiliga bir kişiga töğri keladigan örtaça iş soatlarini hisoblab çiqib, mehnatsevarlar reytingida Germaniyani oxiridan beşinçi öringa qöygan. Oldin ular an’anaviy tarzda yuqori örinlarni egallab kelgan. 

Sönggi ma’lumotlarga köra, Yangi Zelandiya eng mehnatkaş xalqli mamlakat bölib çiqdi. Çexiya, Avstraliya, Polşa va AQŞ ham yetakçilar safida joylaşgan. 

2022 yilda bir kişiga töğri keladigan örtaça iş soati. Bild.de 

Statistikani nemis mutaxassislari tasdiqlagan. Ularning ta’kidlaşiça, hozir har bir nemis haftasiga taxminan 34,7 soat işlaydi. Bu Germaniya tarixidagi eng past körsatkiç hisoblanadi. 

Mamlakat aholisi tobora köproq ta’tilga çiqmoqda, uning davomiyligi doimiy ravişda oşib bormoqda. Bundan taşqari, köpçilik yarim kun işlamoqda. Şu sababdan Germaniyada mehnat unumdorligi 1970 yilga nisbatan tört baravardan köproq kamaygan. 

Ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, nemislarning 72 foizi maşaqqatli mehnat uçun yetarli darajada haq tölanmaydi, degan fikrda. Faqat 20 foizi mehnatni qadrli deb hisoblamoqda. Naşrga köra, aynan şu fazilat Germaniyada önlab yillar davomida farovonlikni ta’minlagan. 

Işga bölgan işonç ham susayib bormoqda: sörovda qatnaşganlarning aksariyati (41 foiz) xodimlar uçun haftalik iş soatlarining köpayişi Germaniya iqtisodiyotining gullab-yaşnaşiga heç qanday ta’sir körsatmaydi, deb hisoblaydi. 

Tahlilçilar maşaqqatli mehnatning kamayib ketişi sabablaridan biri sifatida Germaniya soliq tizimini ham keltirgan. Mamlakatda yuqori daromad uçun juda katta soliq solinadi, şuning uçun nemislar kamroq işlaşni afzal köradi, deb yozdi naşr. 

Öz navbatida aksariyat nemislar butun mamlakat böylab 4 kunlik iş haftasining joriy etilişini tanqid qilmoqda. Söralganlarning nisbiy köpçiligi (35 foiz) 4 kunlik hafta joriy qilinsa, farovonlikni yöqotişdan qörqadi. 30 foizi heç qanday özgariş bölmaydi, deb hisoblamoqda. 25 foizi farovonlikning oşib borişini taxmin qilgan.