Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi nazorat inspeksiyasi hamda Toşkent şahar IIB hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri ötkazildi. Mazkur reyd tadbiri prezidentning “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 14-sonli farmoni ijrosi yuzasidan amalga oşirildi.

Toşkent şahar Yaşnobod tumani, “Jarboşi” MFY, Çirçiq daryosida olib borilgan reyd davomida bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravişda ekskavator va yuk maşinalaridan foydalangan holda qum-şağal xomaşyosi qazib olinayotgani aniqlandi. Natijada tabiatga 139 million söm zarar yetkazilgani ma’lum böldi.

Holat yuzasidan 9 ta şaxsga nisbatan MJtKning 70-1-moddasi 1-qismiga asosan 91 million söm jarima belgilandi. Huquqbuzarlar jami 230 million söm tölaydigan böldi. Texnika vositalari vaqtinçalik jarima maydoniga joylaştirildi.