Rossiyaning Kirov şahri politsiyasi Özbekistonda odam savdosida gumonlanayotgan 21 yoşli migrantni qölga oldi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligiga tayanib Lenta xabar berdi. 

Huquq-tartibot idoralari vakillariga köra, erkak davlatlararo qidiruvda bölgan. Rossiya hududida u Özbekiston tergov organlaridan yaşirinib yurgan. U qizni sotgani uçun qidiruvda bölganini politsiyaga tan olgan. 

Qayd qilinişiça, Buxoroda unga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi («Odam savdosi») bilan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.  

Qul savdogarining Özbekistonga ekstraditsiya qiliş masalasi körib çiqilmoqda.