Özbekiston hukumati yaşirin iqtisodiyotni qisqartirişga qaratilgan rejalarni işlab çiqdi. Bu rejalar qatoriga kiritilgan, Soliq qömitasiga qöşimça vakolatlar beriş haqidagi normalar jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölyapti. Tegişli qaror loyihasi tanqidlardan keyin oçiq muhokamaga qöyiladigan böldi.

Kun.uz bu loyihaning aksariyat bandlariga qarşi çiqqan Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşi a’zolari – soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov va tadbirkor Faxriddin Ilyosov bilan suhbatlaşib, e’tirozlar nimadan iborat bölayotganiga qiziqdi.

— Loyihaga köra, naqd puldagi tölovlar uçun keşbek qaytarilmasligi taklif qilinyapti. Agar bu norma kuçga kirsa, jismoniy şaxslar dökonlarda, xizmat körsatiş obektlari va umumiy ovqatlaniş joylarida faqat karta orqali tölov qilgandagina 1 foiz keşbek qaytariladi. Bu borada fikringiz qanday?

Murod Muhammadjonov: — Keşbek joriy qilinişining özi yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraş uçun edi, endi ayni şu maqsadda keşbek bekor qilinyapti – qaysi biri töğri, oldingisi töğrimi, bunisimi, degan masala bor. Naqd pulga keşbek berilmasligi xohlagança naqd pulga savdo qilib, çek berilmasa ham böladi, degan narsaga aylanib ketişi ham mumkin. Bir xil bölişi kerak, savdo qildimi, keşbek berişi yoki bermasligi kerak. Unisiga berib, bunisiga bermaslik adolatdan bölmaydi deb öylayman. Soliq maslahatçisi sifatida budjet nuqtai nazaridan aytsam, keşbek – katta masala emas, qaror loyihasida bundan muhimroq boşqa jihatlar bor. Kattaroq masalalar körilib, keşbek masalasiga qaralmadi ham özi.

Faxriddin Ilyosov: — Keşbek masalasini yaşirin iqtisodiyotdan çiqiş yöli sifatida qabul qiladigan bölsak, bundan keyin naqd pulda tölayotgan odam QR-kodli çek söramaydi.

Murod Muhammadjonov: — Keşbekni 50 foiz qilib qöygan taqdirda ham tadbirkorga erkin işlaş şaroiti yaratilmasa, yaşirin iqtisodiyotni qisqartirib bölmaydi. Deylik, bir oddiy stakanning qaysidir kodi dastali stakan kodiga almaşib ketsa va unga darrov jarima solaman desa, tadbirkor naqd pulga, berkitib sotişni tanlaydi. Tadbirkorga erkinlik berilmasa, 50-100 foizlik keşbek ham rol öynamay qoladi.

Hozirgi kunda elektron boşqaruv qilamiz deyayotgan narsalarning bari elektron boşqaruv uçun emas, elektron nazorat uçun qilingan. Aholiga, tadbirkorga qulay bölişi uçun emas, nazorat qilişga qulay bölişi uçun. “Öngga yursang ham, çapga yursang ham, xato qilasan va seni jazolayman”, degan tadbirkorlarga munosabat bölib qolyapti. Xato qiliş ehtimoli va jarima qiliş ehtimoli katta bölsa, keşbek qança bölişidan qat’i nazar, tadbirkor qonuniy biznesga yaqinlaşmaslikka harakat qiladi.

— P2P nazorati yana kun tartibiga qaytgan. Soliq qömitasi bir neça yillardan beri kartadan kartaga ötkazmalar haqidagi ma’lumotlarni qölga kiritişga harakat qilib keladi. Ammo bu jamoatçilik e’tirozlari tufayli amalga oşmay kelayotgandi. Bu taklif qilinayotgan norma borasida qanday fikrdasiz?

Faxriddin Ilyosov: — Milliy valutamizning 33 yillik muammosi bor. Şunça yildan beri fuqarolarimizda endigina milliy valutamizga nisbatan işonç paydo bölyapti. Milliy valutani saqlaşga nisbatan şubha bor edi odamlarda, çunki şunday davr bölgan: kassaga, bankka pul topşirib, qaytib ololmagan. Valuta va bank sohasida köplab muammolar bor edi, öşa muammolardan endi xalos bölib, odamlar kartalarida pul saqlaşga örganyapti, şu vaqtda biz karta orqali muomala qilişni xohlayapmiz, lekin öşa kartadan bir-biriga pul bersa, unga nisbatan çora köriş bilan qörqityapmiz.

Agar karta orqali ötkazmalar muammo çiqarsa, yana naqd pulda oldi-berdi köpayadi. Bu islohotlar orqali milliy valuta va bank tizimimizga işonçni yöqotib qöymaslik kerak.

Murod Muhammadjonov: — Kartadan kartaga pul ötkaziş jismoniy şaxslar naqd pulni bir-biriga berişiga öxşaydi. Hozir endi men kimgadir pul bersam, öşani körib turişim kerak, degan narsa bölyapti soliq organi tomonidan. Buning xavfli tomoni nimada? Eslasak, milliy valutaga işonç paydo bölişidan oldingi holatda kartadagi pulni naqd qiliş 20 foizgaça çiqib ketgan edi. Yana xuddi şu narsa böladi, bir qadam oldinga, ikki qadam ortga, deganday. Kartadagi pul bilan muomala qiliş xavfli bölar ekan, naqd pulga aylantiraman, degan fikr böladi. Naqd pul yetişmovçiligi boşlanadi yana. Odamlar özaro munosabatda naqd pul söraydi.

Bu bilan yaşirin iqtisodiyotga tösqinlik qilib bölmaydi, közböyamaçilikdan boşqa narsa emas bu. Yaşirin iqtisodiyotning oldini oliş uçun qilinadigan harakat illyuziyasi böladi bu. Hamma naqd pulga ötadi, kartadagi va naqd pul tafovuti 10-20 foizga çiqadi yana. Keyin unga yeçim qidira boşlaymiz, kartadan pul maydalayotganlarni jazolaymiz. Özimiz muammo yaratib, özimiz xaloskor bölişni boşlaymiz.

Faxriddin Ilyosov: — Bankdan xohlaganda naqd pul oliş imkonini bergan islohot bir kunda pulni naqdlaştiriş böyiça muammoni yöqotdi-ku. Ya’ni bizda muammo bölsa, uni davolaş kerak, har xil yöllar bilan nazoratni kuçaytiriş orqali tuzatib bölmaydi.

Murod Muhammadjonov: — Qilinayotgan islohotning negativi odamlarga qançalik ta’sir qilişini örganiş kerak. Yaşirin iqtisodiyot 49 foiz ekan, şuning qaysi hajmi nimani taşkil qiladi, degan tahlil bormi? Aynan P2P format böyiça jismoniy şaxsdan jismoniy şaxsga kartadan ötgan holatlar tahlili bormi? Yoki bojxonadan kirib kelayotgan tovarlar böyiça ketyaptimi bu? Çegaradan kirib keladigan, qazib olinadigan yoki işlab çiqariladigan tovarlardan boşlanadigan bölsa, nega endi boşidan sasigan baliqni dumidan tozalaşmoqçi?

— Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişga qaratilgan hujjat loyihasiga köra, soliq organlari soliq tölovçining hududiga kiriş va binoni közdan keçiriş vakolatini olişni istayapti. Agar soliq organlari bunday vakolatga ega bölsa, buning qanday salbiy oqibatlari bor?

Faxriddin Ilyosov: — Qaror loyihasidagi eng katta muammo: soliq inspektori kelib, xohlaganda kirib, közdan keçirib, közdan keçirganlari asosida sayyor tekşiruv imkoni berilyapti. Biz har kuni tekşiruvlarga qarşi kuraşyapmiz, har yili prezidentimiz 20 avgustda tekşiruvlar qisqarişi töğrisida e’lon qilyapti, lekin endi Özbekistonda 2 mingta soliq inspektori bölsa, ularga xohlagan vaqtda sayyor tekşiruv qilişga imkoniyat beryapmiz. Har bittasi yiliga 100 ta tekşiruv ötkazsa, 200 mingta qöşimça tekşiruv böladimi endi? Buning ustiga sayyor tekşiruv bu, oddiy tekşiruv emas.

Şuning uçun bunga 100 foiz qarşimiz. Birinçidan, katta korrupsiyaga olib keladi. Ikkinçidan, soliq inspektorini boşqa taşkilotlar işlatişni boşlaydi, ya’ni hududga kirmoqçi bölgan, imkoniyati, ruxsati bölmagan xohlagan taşkilot soliq inspektoridan birga kirib çiqişni söraşi mumkin. Deylik, soliq inspektori SES yoki boşqa davlat taşkiloti xodimi bilan kirib, tekşiruv qilib ketişi mumkin. Bu – çegarasiz huquq. [Soliq qömitasi raisi] Şerzod Davlatoviç buni biz qurol sifatida olamiz, lekin işlatmaymiz deyapti, lekin devorda osilib turgan qurol, albatta, otiladi, aniq işlatişadi bu qurolni. Şerzod Davlatoviç va’dani beryapti, lekin ertaga qömitaga boşqa rais keladi, nega bu huquqni işlatmayapmiz, deydi va aniq işlaydi bu narsa.

Murod Muhammadjonov: Savdo qoidasini buziş masalasini köradigan bölsak, xodimlar sonini nazorat qiliş mumkinligi, yer qa’ridan foydalanganlik masalasi… Hududga kirganda şu holatlarni köradigan bölsa, sayyor tekşiriş tayinlaş mumkin deyişmoqçi. Bu özi mavjud huquqni yana ham erkinlaştirib oliş böladi. Endi xohlagan paytim qilaman degan narsa bölib qoladi. Soliq organida 100 foiz deya olmayman, 99 foiz biznes nimaligini tuşunmaganidan qilinayotgan iş bu. Falon narsang joyida yöq ekan degan talabdan tadbirkorlar juda köp ziyon köryapti. Biznes jarayonni tuşunmagani uçun qonun mana bunday bölişi kerak degan narsani uşlab olişyapti. Qonun bir tarafda, biznes bir tarafda qolib ketyapti, sal pastroq tuşaylik.

2021 yil 7 yanvarda 1-sonli qaror qabul qilingan, unda “tahlil-tahlika” dasturi orqali çiqqan qarorda 3 ta yönaliş böyiça tekşiriş tartibi bor. Ularning orasida sayyor tekşiriş böyiça ham tartib belgilangan. Sayyor soliq tekşiruvi kassa qoidalari, xodimlar soni, yer qa’ridan foydalanişni tekşiradi, monitoring, xronometraj ötkazişi mumkin degan önta band bor. U huquqlarga qanday çiqiş mumkin degan savolga, “Tahlil-tahlika” dasturi orqali deb javob beriş mumkin. Dastur orqali “köp elektr energiyasini işlatyapsan” deb, sayyor tekşiruvga çiqiş mumkin. Endi bizga bu dastur ham kerakmas, xohlagan paytim kiraman degan narsa bölyapti. Bu oçiq korrupsiyaga olib keladi. Xohlagan payt kiriş çeksiz vakolat berişdir. Bu ertaga yomon oqibatlarga olib keladi.

Kengaşda birinçi şu masala kötarilgandi. Kengaş bu bandga jiddiy qarşilik bildirib, uni hujjatdan çiqarib taşlaş haqida taklif berdi. Hujjatdagi deyarli barça normalarga e’tiroz bildirildi. Şunaqa katta e’tirozlar bölganda ham bu normalar ötib ketadigan bölsa, prezident huzuridagi kengaş faqat illyuziyadan boşqa narsa bölmay qoladi. Bu narsaga alohida urğu berayotganim sababi – bu normalar ötmasligi kerak.

Fahriddin Ilyosov: 2 yil oldin hamma joyda tadbirkor qahramon edi. Oxirgi vaqtlarda tendensiya teskari qarab ketyapti. Budjet tanqisligini eplay olmayotgan hukumat bunda biznesni ayblayapti. Tadbirkor majburiyatini bajarmayapti, biznes aybdor kabi tezislarni işlatişyapti. Lekin mikrofonni biznes tarafga bersa, unda ham gapiradigan gaplari bor. Şerzod Davlatoviç aytyaptiki, yaxşi tadbirkor bor, soliqlarini tölayapti, yomon tadbirkor bor, xodimlarini naqd pulga işlatyapti. Lekin şu qaror loyihasi xufiyona işlayotgan tadbirkorlarga emas, töğri işlayotgan tadbirkorlarga yuk böladi, xolos.

Madina Oçilova suhbatlaşdi.