Taksi çaqirganda ayol haydovçi kelişi bugun ajablanarli emas. Kun.uz şu yönalişda faoliyat olib borayotgan ayollarni suhbatga tortib, bu tanlovlarining sabablari, muammolar va qulayliklari haqida savollarga javob oldi.

Ilk qahramonimiz “Damas” avtomobilida ham işlaydi, ham kirakaşlik qiladi. Işdan taşqari kuniga 200-250 ming söm topadi. Bunga esa jamoat transportidagi tiqilinçda bolasining huşdan ketişi sabab bölgan.

Ayol uçun yopilgan va oçilgan eşiklar haqida

Menga aynan qiyin vaziyatda turmuş  örtoğim taşlab ketgan – yöq bölgan. Farzandlarimni oyoqqa turğaziş uçun özim harakat qilganman. Diplomim bilan hamma yoqdan iş qidirganman. Ayol boşim bilan qayerga borişni bilmaganman. Allohga nolam yetib borib, sinov muddati bilan işga kirdim va qarzlarimdan qutula boşladim.

Menga eng oğiri uyim yöqligi edi. Özbekçilikda “Çiqqan qiz – çiğiriqdan taşqari” degan gap bor. Çiqdingmi, senga eşiklar yopilar ekan. Toşkentda yaşayman desam, ijara narxlari juda qimmat ekan. Topayotgan oyligim uni qoplamaydi. Şuning uçun çetroqdan uy qidirdim va Çirçiq şahridan joy topdim. Öşa yerda qönim topib, ikkita bolam bilan şaharga kelib işlaşni boşladim.  Bolalarim bilan jamoat transportida  qatnab işlab, biroz pul ham jamğardim. Maşina oliş qaroriga kelişimga avtobusda bolamning huşidan ketib qolgani sabab böldi. Çunki tirband transportda havo yetmay qoldi, odamlar orasida, böyi past, tik turib ketardik. Şunaqa paytda huşidan ketib qoldi. Aynan şu sabab men işlab jamğarayotgan pulimga birinçi navbatda uy emas, bolalarim qiynalmasligi uçun maşina olişga qaror qildim. Sababi – yaşab turişimizga ijara uy bor edi.

Birinçi örinda eng arzon maşina topişim kerak edi. Ikkilamçi bozorga bordim. Eng arzoni “Damas” ekan. Olayotgan paytimdayam hayratlanişdi bundan, işonişmadi. Olib kimgadir sotadi deb öylaşdi. Ularni işontiriş uçun beşta farzandim bor, şuning uçun katta maşina olayotganimni aytib, yolğon aralaştirişga majbur böldim.

Yölga çiqar ekanman, faqat sabr-matonat söradim. Çunki erkak kişi kirakaşlik qilsa oddiy qaraşadi. Lekin ayol kişi kirakaşlik qilsa, yana “Damas”da – judayam hayratlanişarkan”.

Yiğlatadigan yölovçilar, jamiyatning ayolga munosabati

 “Köproq ayol yölovçilarni olaman. Ötgan yili yozda mijoz çaqirganda borsam, ikkita erkak ekan. Mijozning qanday odamligini oldindan heç kim bilmaydi. Kutib tursam, kimdir baqirdi, aylanib oldiga bordim. Bilsam bittasi mast ekan, ularni olmasligimni aytsam, yonidagi şerigi keç qolişayotganini aytib iltimos qildi. Içgan şerigi yöl böyi menga masxaraomuz buyruq berib ketdi, istagan aşulamni qöy, men istagan narsani qilişga majbursan,  yöl haqi munça köp degan mazmunda. Şunaqa paytda dilingiz oğriydi. Manzilga yaqin qolganda maşinamda gaz tugadi, benzin ham oz qolgani uçun iltimos qildim, yoqilği quyib olişim uçun. Şunda “yöq, men seni qarğayman. Agar meni norozi qilib zapravkaga kirsang, unaqa bölasan, bunaqa bölasan”, dedi. Şunda yiğlab yubordim”.