Namangan viloyati, Yangiqörğon tumanida bank xodimi kassadan 1,5 mlrd sömni ömarib, özlaştirib yuborgani aniqlandi.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda hududiy tijorat bankining Yangiqörğon bank xizmatlari ofisi boşliği D.Ş. göyoki Buvayda bank xizmatlari markaziga madad puli sifatida yuborişini aytib, kassadan 1,5 mlrd sömni heç qanday hujjatsiz olib ketgan.
Qayd qilinişiça, xodim bu pullarga Çust tumanidan 3-xonali kvartira hamda Malibu rusumli maşina xarid qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.











