Endi Özbekistondagi oliygohlarda davlat granti örinlari eng yuqori ball töplagan abituriyentlar örtasidagi raqobat asosida belgilanadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi böyiça bölgan taqdimotda aytib ötildi.
Davlat rahbarining şu yil 2 fevraldagi qaroriga asosan, “Ta’lim sohasida loyihalar markazi” loyiha ofisi tuzilgan edi. Ötgan vaqt mobaynida ofis tomonidan vazirliklar bilan birga öquv jarayonlarini yangi tamoyillar asosida taşkil etiş, kadrlar salohiyatini oşiriş, ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga kötariş böyiça çora-tadbirlar va istiqbolli taşabbuslar işlab çiqildi.
6 may kuni prezident huzurida oliy ta’lim yönalişlarini optimallaştiriş, qabul va malaka tizimlarini takomillaştiriş böyiça takliflar muhokama qilindi.
Bugungi kunda bakalavriatda 306 ta yönaliş, magistraturada 625 ta mutaxassislik bor. Lekin ularning ayrimlari xalqaro standartlar va zamonaviy mehnat bozori talablariga mos emas. Bu bitiruvçilarda töliq malaka şakllanişi va ularning işga joylaşişida muayyan qiyinçiliklar tuğdirmoqda.
Şu bois ta’limning xalqaro tasnifi, ilğor xorijiy tajriba asosida bakalavriat va magistratura yönalişlarini qayta körib çiqiş hamda ayni paytda talab yuqori bölgan sohalarda yangi yönalişlar oçiş böyiça takliflar bildirildi.
Oliy öquv yurtlarida ta’lim jarayonlarini raqamlaştirgan holda dekanatlar va boşqa ma’muriy tuzilmalarni optimallaştiriş masalasi ham muhokama etildi. Şu nuqtayi nazardan, 1 sentabrga qadar öquv jarayonlarini töliq qayta körib çiqib, yangi tizimni joriy etiş böyiça körsatma berildi.

Keyingi asosiy masala bu – oliy ta’limga qabul tizimini yanada adolatli qiliş va davlat grantlarini iqtidorga yönaltiriş. Hozirgi qabul tizimi, kvotalarning taqsimlanişi raqobatni töliq ta’minlamayapti. Ayrim abituriyentlar yuqori ball töplasa-da, topşirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, öqişga kirolmay qolişi mumkin.
Yangi tartibga köra, muayyan bir yönalişga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball töplagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoşlar öqişga kirmay qolmaydi.
Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erişgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.













