Rossiya mudofaa vazirligi Boş ştab prezident Vladimir Putinning topşiriğiga köra yaqin vaqtlar içida Janubiy harbiy okrugning raketa tuzilmalari va Harbiy-dengiz flot kuçlarining öquv maşğulotlarini ötkazişga tayyorgarlik körişni boşlagan: unda «nostrategik yadro qurollarini tayyorlaş va qöllaş masalalari» (taktik deb ham ataladi)ni işlab çiqiş rejalaştirilgan. 

Xabarda aytilişiça, maşğulotlar «ğarblik rasmiy şaxslarning provokatsion bayonotlari va tahdidlari»ga javoban tayyorlanmoqda hamda «yaqin vaqtlar içida» ötkaziladi. Aynan qanday bayonot haqida gap ketayotganiga xabarda aniqlik kiritilmagan. Maşğulotlarning ötkaziliş joyi haqida ham xabar berilmagan.

Keyinroq duşanba kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov gap Fransiya prezidenti «janob Makron, britan rasmiylari» va göyoki Ukrainaga qurollangan kontingent yuboriş niyatlari haqida gapirgan «AQŞ senati vakillari» haqida borayotganini aytdi.

«Bu keskinlik kuçayişining butunlay yangi bosqiçi. Bu misli körilmagan holat bölib, alohida e’tibor va çora-tadbirlarni talab qiladi», — deya Kreml vakilidan iqtibos keltirgan «Interfaks».

2024 yil fevrali oxirida Financial Times Rossiyaning öz jurnalistlari tanişgan maxfiy hujjatlari haqida xabar bergandi: bu hujjatlar Rossiyaning taktik yadro qurollariga aloqador bölgan.

Maqolada keltirilişiça, Rossiya uni qöllaşi ehtimoli amalda rossiyalik rasmiy şaxslarning oşkora bayonotlaridagidan ança past hisoblanadi.

«Mutlaqo örinsiz» bayonot

Peskovning duşanba kungi bayonotiga javoban Qöşma Ştatlar Moskvaning «mas’uliyatsiz ritorikasi»ni qoraladi.

«Bu biz ötmişda ham Rossiyadan eşitgan mas’uliyatsiz ritorika namunasi», — dedi jurnalistlarga Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder.

«Hozirgi xavfsizlik holati hisobga olinsa, bu mutlaqo örinsiz bayonot», — deya qöşimça qilgan general.

Şu bilan birga, Rayder Amerika razvedkasi «[Rossiyaning] strategik kuçlari pozitsiyalarida heç qanday özgarişlar»ni qayd etmaganini ma’lum qildi.

«Şubhasiz, biz kuzatişda davom etamiz», — deya xulosa qilgan Pentagon matbuot kotibi.