Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy taşrif bilan Moskva şahrida böladi.
«Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan mamlakatimiz yetakçisi kuzatuvçi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining navbatdagi yiğilişida hamda Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 79 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Taşrif doirasida qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilişi ham rejalaştirilgan.
Kreml ma’lumotiga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan paradda quyidagi davlatlar rahbarlari ham qatnaşadi: Aleksandr Lukaşenko (Belarus), Qosim-Jömart Töqayev (Qozoğiston), Sadir Japarov (Qirğiziston), Imomali Rahmon (Tojikiston), Serdar Berdimuhamedov (Turkmaniston), Migel Dias-Kanel Bermudes (Kuba), Tongloun Sisulit (Laos) va Umaru Sissoku Embalo (Gvineya-Bisau).
Prezidentlar Vladimir Putin bilan birga Noma’lum askar qabriga gul qöyiş marosimida ham iştirok etişi közda tutilgan.













