Ukrainada uruşning 805-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qöşini Ukraina energetika obektlari böylab navbatdagi marta yopirilma zarbalar yölladi.
- Ukrainlarning Luhanskdagi neft bazasiga yöllagan zarbasi oqibatida beş kişi jarohatlandi.
- EUobserver: YeI sanksiyalarining yangi paketida Yevropadagi siyosiy partiyalar, nohukumat taşkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari Rossiya tomonidan moliyalaştirilişiga taqiqni ham öz içiga oladi.
- Polşalik çegaraçilar armiyadan qoçgan rossiyalik harbiy uşlangani haqida xabar berişdi.
- Corriere della Sera: NATO deklaratsiyasiga Ukrainaga qöşin yuborişdan boş tortiş töğrisida band kiritiş rejalaştirilmoqda.
- Litva boş vaziri harbiy xizmatdan böyin tovlagan ukrainlarga vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma beriş rad etilişi mumkinligini ma’lum qildi.
- Oliy rada ikkinçi öqişda mahbuslarga Ukraina armiyasida xizmat qilişga ruxsat beruvçi qonun loyihasini ma’qulladi.
Kun kadri. Luhanskdagi neft bazada yonğin
Ukrain qöşini 8 mayga ötar keçasi Luhanskdagi neft bazaga zarba yölladi. Rossiya FVV xabariga köra, yonğin Moskva vaqti bilan soat 10:00 ga kelib öçirilgan. Özini özi e’lon qilgan LXR rasmiylari neft baza böylab zarba vaqtida turar joylar, gaz quvuri va elektr uzatiş liniyasi şikastlangani, korxonaning beş nafar xodimi yaralangani haqida xabar bergan. RF Tergov qömitasi «Donetsk va Luhansk xalq respublikalari tinç aholisiga nisbatan navbatdagi jinoyat» tekşirilişini ma’lum qilgan. Luhansk oblastining Ukraina nazoratidagi qismi harbiy ma’muriyati rahbari hisoblangan Artyom Lisogorning ma’lum qilişiça, neft bazadagi yonğin oqibatida «şaharda va uning atrofida yonilği taqçilligi yuzaga kelgan». Lisogor öz telegram-kanalida LXRdagilar yonilği yetkazib beriş böyiça logistik muammoni hal qiliş yöllarini topa olmayotgani, Luhanskda bölgan zaxiralar rossiyalik harbiylarga berib yuborilganini aytgan.






















