8 may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilişning yangi tartibiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Kun.uz muxbiri yangi tartib jamoatçilik bilan muhokama qilingani yoki yöqligi, grant örinlari har yili qayta taqsimlanişining OTMlardagi korrupsiyaga ta’siri haqida savollar berdi.
Vazirning birinçi örinbosari Şohrux Daliyevning tuşuntirişiça, loyiha hali işlab çiqiş jarayonida. Takliflar huquqiy hujjat şakliga keltirgaç, jamoatçilik muhokamasiga çiqariladi.
“Bu yerda siz aytayotgan xavf [korrupsiya] masalasi bor. Hozir hujjat tayyorlanyapti. Bu Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi tarzida işlab çiqiladi. Tegişli nizomi böladi va belgilangan tartibda biz uni muhokamaga joylaştiramiz”, – dedi Daliyev.
Uning sözlariga köra, davlat grantlari böyiça joriy etilayotgan yangi tartib hozir grant asosida öqiyotganlarga taalluqli bölmaydi.
“Yoşlarimiz qörqişi kerak emas: amaldagi tartib böyiça kim qanday öqişga qabul qilingan bölsa, şu böyiça bitiradi, bu masalada muammo bölmaydi”, – dedi vazirning birinçi örinbosari.
Mas’ullar yangi tartib umumiy grant kvotalarining kamayib ketişiga sabab bölmaydimi degan savolga yöq deb javob berişdi.
Vazirlik mutaxassisi Abduvali Xoliqovning aytişiça, yönalişlar böyiça umumiy grant kvotalari tasdiqlanganida, ularning soni köpaysa köpayadiki, lekin kamaymaydi.
“Masalan, 1 yilda 20 ta 100 foizlik grant öqiyotgan bölsa, ikkinçi yilda şu 10 taga tuşsa, yana 20 ta 50 foizlik grant yana 20 taga köpayadi, umumiy grant özgarmaydi. Faqat 100 foizlik va 50 foizlik grantlar soniga ta’sir qiladi. Grantda öqiydigan talabalar soni köpayadi”, – dedi Abduvali Xoliqov.
U amaldagi tartibda grantga kirgan talabalarning bitirguniga qadar qanday öqişidan qat’i nazar grant olib yurişi notöğri ekanini ta’kidlab, jamoatçilikdan yangi tartibga işonç bildirişni söradi.
“Agar şu jarayonni korrupsiyaga olib keladi deb joriy qilmasak, korrupsiyaga olib keladigan boşqa omillardan qutulolmaymiz. Jarayonga işonişimiz kerak. Bizda 4 yil pul tölab, öşa professor-öqituvçilarga işonib, diplomini olib jamiyatga çiqib ketyapti. Nimaga oddiy jarayonga işonmasligimiz kerak?” – dedi vazirlik vakili.












