Sankt-Peterburg şahri markazida içida önlab yölovçilar bölgan avtobus Moyka daryosiga quladi. Holat aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

«Fontanka» naşri guvohlarga tayanib bergan xabarga köra, sohil böylab harakatlangan avtobus ikki avtomobilga urilgan, tösiqni buzib ötgan va suvga tuşib ketgan.

Politsiyadagilar avtobusda 20 nafar atrofida odam bölganini xabar qilgan. Hozirda voqea joyida qutqaruv amaliyoti davom ettirilmoqda — odamlar avvaliga salondan avtobus tomiga çiqarilmoqda, keyin esa quruqlikka olib ötilmoqda.

Dastlab «112» telegram-kanali manba keltirmasdan beş kişi halok bölgani haqida xabar berdi — keyinroq post tahrirlab qöyildi, endi u yerda faqat bir qurbon haqida gap ketadi.

TASS agentligi operativ xizmatlardagi manbasiga asoslanib, qurbonlar soni uç nafarni taşkil etayotgani, yana olti kişi şifoxonaga yotqizilganini xabar qilgan.

«Fontanka» ma’lumotida esa, qurbonlar soni 6 nafar ekani aytilgan.

«Ostorojno, novosti» naşri guvohlarga tayanib xabar berişiça, birinçi bölib yaqin atrofda bölgan mehnat muhojirlari avtobus yölovçilariga yordam körsatişga oşiqqan va bir neça kişini avtobusdan çiqarib olişgan.

Avtobus haydovçisi qölga olingan, holat yuzasidan jinoiy iş oçilgan.