Abituriyentlarga avval test yeçib, keyin yönaliş tanlaş imkoniyati berilişining texnik tomoni böyiça tartib hali e’lon qilinmadi. Kun.uz muxbiri mas’ullardan bu tartib qaçon işlab çiqilib, abituriyentlar uçun oçiqlanişini söradi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari Şohrux Daliyev bu tartibning tamoyili işlab çiqilayotgani, tez orada e’lon qilinişini bildirdi.
“Qabul boşlanişiga bir yarim oy qoldi degan ozgina qörquv bor. Hozir 8 may qabul parametrlari tasdiqlanişi ustida katta işçi guruh bilan işlayapmiz. Buni xudo xohlasa tezkor hal qilamiz. Ham qabul oldi, ham qabul vaqti yoşlar, ota-onalarga tuşuntiradigan [qilib] mazmunli qisqa-qisqa roliklar qilinadi. Buni xalqqa sodda, tuşunarli tilda tuşuntirib beramiz, çunki har xil holat bölyapti”, – dedi Daliyev.
Yangi tartibning qanday bölişini Bilim va malakalarni baholaş agentligi direktori örinbosari Farhod Mirzayev tuşuntirib berdi. Mirzayev jarayonda heç qanaqa katta özgariş bölmasligi, bolalarning öqişiga ularning tayyorlanişiga yoki röyxatdan ötişiga ta’sir yöqligini bildirdi.
Mas’ulga köra, jarayon 2 bosqiçda böladi. Birinçisida abituriyentlar xuddi oldingidek onlayn röyxatdan ötişi mumkin. Unda fanlar majmuasi, til va hududlar tanlanadi.
“Ikkinçi bosqiçda umumiy barça hududlarda test jarayonlari tamomlanganidan keyin abituriyentlarga ustuvorlik böyiça ta’lim yönalişlari, ta’lim şaklini tanlaş imkoniyati beriladi. Unda 1-2 kun emas, 10-15 kun vaqt berilişi mumkin”, – deb tuşuntirdi Farhod Mirzayev.
Şuningdek, agentlik vakili abituriyentda oldindan ötiş ballarini köriş imkoniyati bölişini aytib, abituriyent grant ololmayman degan qörquvda bölmasligi kerakligini ta’kidladi.
“Bilim va malakalarni aniqlaş agentligi hozirdan 3 yillik barça fanlardan ötiş ballarini e’lon qilib qöygan. Demak, abituriyentlarga şu ötiş ballarini körib, [ötiş yo ötolmasligini biladi]. Şu ballarni körib u bolaga boşqa yönalişlarni tanlaş imkoniyati beriladi. Nizomga kelsak, bu böyiça işlar ketyapti”, – dedi Mirzayev.











