Özbekiston mart oyida ham oltin savdosi böyiça dunyoda birinçi örinni egalladi. Bu haqda Jahon Oltin Kengaşining (WGC) oylik ma’lumotlarida keltirib ötilgan.
Hisobot davrida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 16 tonnaga oşgan. Xususan, xaridlar hajmi 40 tonnani, sotuvlar hajmi esa 25 tonnani taşkil etgan.

Mart oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Turkiya (14 tonna), Xitoy (5 tonna) va Hindiston (5 tonna) Markaziy banklari böldi.
Mazkur vaqtda oltinning asosiy sotuvçisi Özbekiston Markaziy banki böldi va öz zaxiralarini 11 tonnaga qisqartirdi. Şuningdek, Tailand (10 tonna) va Iordaniya (4 tonna) Markaziy banklari tomonidan ham katta miqdorda oltin sotilgan.

Avvalroq, Özbekiston fevralda eng köp oltin sotgan davlat bölgani xabar qilingandi. 2023 yil yakuni böyiça esa dunyoda ikkinçi eng köp oltin sotgan mamlakat bölgandi. Xususan, ötgan yilda 8,2 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, mart oyida Özbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boşidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan. Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini taşkil etadi.













