Sputnik / Profimedia

12 may tongida Belgorod şahrining Şçorsa köçasida ön qavatli turar joy binosining pod’yezdlaridan biri qulab tuşdi. Bu şahar Ukraina qurolli kuçlari tomonidan yoppasiga öqqa tutilişi ortidan sodir böldi, deya ma’lum qilgan Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov. 

Hudud rahbarining sözlariga köra, snaryad töğridan töğri kelib urilişi oqibatida Xarkov toğidagi 55-sonli uy pod’yezdi öninçi qavatdan birinçisiga qadar qulagan. Şahar öqqa tutilişi arafasida raketa xavfi haqida ogohlantiruvçi signal berilgandi.

Telegram-kanallarda kuzatuv kameralaridan olib tarqatilgan videolarda pod’yezd qulaşi aks etgan. Kadrlarda uyning quyi qismida portlaş röy berganini köriş mumkin. Baza telegram-kanaliga köra, dastlabki ma’lumotlarda zarba «Olxa» baravar öt oçiş reaktiv tizimi orqali yöllangani aytilgan. 

Voqea joyida qutqaruv işlari olib borilmoqda. Şahar favqulodda xizmatlari ma’lum qilişiça, xarobalar ostida önlab kişilar qolib ketgan bölişi mumkin.

Şu bilan birga, qutqaruv işlari vaqtida binoning tom qismi qutqaruvçilar va köngillilar ustiga qulab tuşgan.

FVV ma’lumotiga köra, hozirgaça 13 kişi jarohatlangani tasdiqlangan. Xarobalar ostidan olib çiqilganlarning ikki nafari bolalar. Qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot kelib tuşmagan. Telegram-kanallarda yetti kişi halok bölgani haqida yozilgan.

Tergov qömitasi terakt (JK 205-moddda) böyiça jinoiy iş qözğatgan. «12 may kuni Ukraina qurolli tuzilmalari hujumi oqibatida Belgorod şahrida snaryad köp qavatli turar joy binosiga urilgan. Hodisa oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga köra, qurbonlar va jabrlanganlar bor», — deyiladi idora bayonotida. 

RF mudofaa vazirligi 12 may kuni soat 11:40 atrofida Belgorod şahri Ukraina qurolli kuçlari tomonidan «Toçka-U» taktik raketa kompleksi, «Olxa» hamda RM-70 «Vampir» baravar öt oçiş reaktiv tizimlari qöllangan hujumiga yöliqqani haqida xabar qildi. Harbiy idoraning tasdiqlaşiça, havo hujumidan mudofaa kuçlari «Toçka-U» tizimining oltita raketasi, «Vampir» tizimining törtta reaktiv snaryadi va «Olxa» tizimining ikkita reaktiv snaryadini urib tuşirgan. «„Toçka-U“ taktik raketa kompleksining urib tuşirilgan raketalaridan birining parçasi Belgorod şahridagi turar joy binosiga şikast yetkazgan», — deyilgan vazirlik xabarida.