Yozda abituriyentlarni katta özgarişlar kutyapti. Bitmagan uydan kvartira sotib olayotgan fuqarolarni himoya qiliş çoralari işlab çiqildi. Yil davomida 400 mingdan ortiq xorijdagi vatandoşlar qaytib kelişi taxmin qilinyapti. Özbekiston qirğiz-tojik çegarasi böyiça vositaçilik qilişi mumkin. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

9 may: Zulfiya Zokirova xotirasiga yana bir yodgorlik va oqlangan Sa’dulla Qosimov

Insoniyat tarixining eng qonli davrlari ortda qolganiga bu yil 79 yil töldi. 1945 yil 9 mayga ötar keçasi, sovet qöşinlari Berlinni egallaganidan 7 kun ötib, faşistlar Germaniyasining kapitulyatsiya haqidagi hujjati imzolangan. 70 milliondan ortiq insonning ölimi, aql bovar qilmas genotsidlar, ommaviy qiynoqlar, vahşiyliklar, oçlik va vayronagarçiliklar, frontdagi va front ortidagi insoniy oğriqlardan iborat Ikkinçi jahon uruşi, eng avvalo, yakka şaxs hukmronligi, davlat hokimiyatining çeklanmagan vakolatlarga ega bölişi qançalik dahşatli oqibatlarga olib kelişiga eng katta misol sifatida tarixda qolgan.

Bu uruş butun insoniyat qatori, Özbekiston xalqining ham taqdiri va kelajagini özgartirib yuborgan. Uruş boşlanişidan oldin Özbekiston aholisi taxminan 6 mln 800 ming kişi bölgan bölsa, faşistlarning sovet ittifoqiga bosqinidan keyin 1,5 milliondan ortiq özbekistonlik uruşga ketgan, ulardan yarim million nafari jang maydonlariga halok bölgan, 640 mingdan ortiği yaralangan. Uruş yillarida xalqimiz butun ittifoq hududlaridan köçirib kelingan 1,5 millionga yaqin insonga boşpana bergan.

Hozirda mamlakatimizda II jahon uruşi qatnaşçilari soni 112 nafarni taşkil etadi. Bu yil ularga 20 mln sömdan pul mukofoti berildi. Ma’lumotlarga köra, uruş faxriylarining eng köpi, ya’ni 42 nafari Toşkent şahrida yaşaydi. Sirdaryo viloyatida esa faqatgina bir nafar veteran hayot keçiryapti va uning uçun bu yilgi 9 may boşqaça yodda qoladigan böldi: prezident Şavkat Mirziyoyev 8 may kuni Mudofaa vazirligi gospitaliga borib, uruş qatnaşçilarining holidan xabar oldi va şu yerda salomatligini mustahkamlayotgan boyovutlik 101 yoşli Öskan ota Hojimanovga uy sovğa qildi.

Davlat rahbari 8 may kuni Ğalaba boğida ham bölib, Zulfiya Zokirova siymosidagi “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulçambar qöydi. 9 may kuni esa xuddi şunday yodgorlik Nurafşon şahrida ham oçildi. Majmuada uruşga ketgan beşala öğli ham halok bölib, tört kelini va beş nabirasi bilan qolgan zangiotalik ona siymosi aks etgan.

9 may arafasida, şuningdek, Oliy sud tomonidan yana 11 ta jinoyat işi doirasida 198 nafar qatağon qurbonlarining nomlari oqlandi. Oqlanganlar orasida Özbekiston sud tizimining ilk rahbari, 1920-yillarda ÖzSSR Oliy sudi raisi lavozimida işlab, qatağonlar vaqtida otib taşlangan Sa’dulla Qosimov ham bor. U bilan birga “qosimovçilik işi”da ayblangan yana boşqa şaxslar ham aybsiz deb e’tirof etildi.

Oliy ta’limda kutilayotgan özgarişlar

Oliy ta’lim vazirligi sohada kutilayotgan bir qança özgarişlarni e’lon qildi. Duşanba kuni prezidentga taqdimot qilinib, keyin matbuot anjumani ötkaziş orqali e’lon qilingan özgarişlar bakalavriat va magistraturaga qabul tartibi, kvotalar va grantlardan tortib ta’lim şakllarigaça bölgan köplab yönalişlarni öz içiga oladi.

Taklif etilayotgan yangi tartibga köra, abituriyentlar öqişga kirişda avval imtihondan ötib, keyin qayerda öqişni tanlaydi. Ya’ni abituriyent avvaliga özi tanlagan fanlar böyiça test topşirib, imtihon natijalari e’lon qilinganidan keyin töplagan balliga qarab ta’lim yönalişi va ta’lim şaklini tanlaydi. Testdan keyin abituriyentga yönaliş tanlaşi uçun 10-15 kun vaqt berilişi aytilyapti. Bu tartib şu yilning özidan kuçga kirişi mumkin.

Asosiy özgarişlardan yana biri – davlat grantiga oid. Unga köra, muayyan bir yönalişga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball töplagan abituriyent, qayerda öqişni tanlaşidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Buning yaxşi tarafi – yuqori ball olgan yoşlar öqişga kirmay qolmaydi. Ma’lumot uçun, avvalgi yillarda qaysidir oliygohda bir abituriyent atigi 90 ball bilan ham grantga öqişga kirgan bölsa, boşqa universitetning xuddi şu yönalişiga topşirgan abituriyent hatto 160 ball bilan ham imtihondan yiqilişi odatiy hol edi.

Bundan taşqari, yangi tartib asosida oliygohga kirişda eng yuqori ball töplagan abituriyentlarga öqişi uçun davlat granti hozirgidek 4 yilga emas, 1 yilga beriladi va grantlar a’loçi talabalar örtasida har yili qaytadan taqsimlanadi. Ya’ni 1-kursga grantga kirgan talaba yaxşi öqimasa, keyingi yili kontraktga tuşib qoladi. Yoki aksinça, kontraktda öqiyotgan talaba yaxşi baholar olib, keyingi yili grant asosida öqişi mumkin böladi. Bunda ikki xil – 100 foizlik va 50 foizlik grantlarni joriy etiş reja qilinyapti. Şu bilan birga, maqsadli qabul doirasida va imtiyozli tarzda öqişga kirganlarga davlat granti hozirgidek butun öqiş davri uçun beriladi. Rasmiylarga köra, yangi tartib kuçga kirgan taqdirda ham, amalda grant asosida öqiyotgan talabalarga taalluqli bölmaydi – ular bitirguniça, neçi bahoga öqişidan qat’i nazar, davlat hisobidan tahsil olişda davom etadi.

Ma’lum qilinişiça, grant asosida öqigan talabalar öqişni tugatganidan keyin 3 yil işlab beriş majburiyati bekor qilinişi mumkin. Ijtimoiy-gumanitar yönalişlarda kvotalar qisqartirilib, böşagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga ötkaziş taklif qilingan. Şuningdek, öqişga kiriş uçun minimal ötiş ballarini kötariladi, sirtqi ta’lim şakli bosqiçma-bosqiç tugatiladi.

Taklif etilayotgan özgarişlar qatorida, umumiy qabul parametrlarini belgilaşni oliygohlarning öziga topşiriş orqali ularning mustaqilligini oşiriş ham közda tutilgan. Lekin akademik mustaqillikni oşiriş, xususan rektorlarni saylaş borasida hozirça yangilik yöq. Oliy ta’lim vaziri Qönğirotboy Şaripov Kun.uz muxbirining rektorlarni saylaş haqidagi savoliga “hozir tayyor emasmiz” deb javob berdi.

“Endi, hozir, menimça, biz tayyor emasmiz. Vaqt kerak bunga. Bilasizlar, bizning özimizga yaraşa mentalitetimiz bor. Buni qaçonki jamoatçilik nazorati yaxşi yölga qöyilsa, şunda qilsak böladi”, – dedi vazir.

Xaridor puli bilan quriladigan “novostroyka”lar tartibga solinadi

Odamlar hali bitmagan uydan kvartira sotib olib, firibgarlar tuzoğiga ilingan qator holatlardan keyin, uluş kiritiş asosida uy-joy qurilişida qatnaşiş tartibi belgilanadigan böldi. Prezident farmoniga köra, şu oy oxirigaça tegişli hujjat loyihasi hukumatga kiritilişi kerak. Undagi asosiy yangilik – investor va quruvçi örtasidagi şartnomalarni notarial tasdiqlaş böladi. Ya’ni uluş kiritiş asosida köp qavatli uy-joy qurişda iştirok etiş haqidagi şartnomalarni majburiy ravişda notarial tasdiqlaş talabini kiritiş közda tutilyapti.

Bundan taşqari, tegişli reyestrga kirmasdan turib odamlarning pullari evaziga quriliş boşlagan kompaniyalarga nisbatan javobgarlik belgilaş, reyestrdagi kompaniyalarning faoliyatini monitoring qilib boriş ham rejalaştirilgan. Obektlarni belgilangan muddatlarda topşirmagan quruvçilarning reytingi pasaytiriladi.

Bundan taşqari, prezident “Renovatsiya töğrisida”gi qonun loyihasini 2 oy içida hukumatga kiritiş böyiça topşiriq berdi. Qonunda ekspluatatsiya muddatini ötab bölgan va ma’nan eskirgan köp qavatli uy-joylarni renovatsiya qilişning huquqiy asoslari belgilanadi. Respublikadagi birinçi renovatsiya loyihasini Toşkent şahrining Şayxontohur tumani Oqtepa dahasida xitoylik investorlar amalga oşirişni boşlagan. Bunday loyihalar respublikaning barça hududlarida boşlanişi kutilyapti. Eslatib ötamiz, avvalroq deputatlar “Renovatsiya töğrisida”gi qonunni qabul qilmay turib, eski uylarni buzişni boşlamaslikka çaqirgan edi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Bu yil 400 mingdan oşiq özbekistonlik mehnat muhojiri vatanga qaytib kelişi mumkin. Şavkat Mirziyoyevning juma kungi selektordagi sözlariga köra, yil boşidan beri 115 ming kişi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, yil oxirigaça yana 250-300 ming nafari qaytişi prognoz qilinyapti. Prezident ularni işga joylaştiriş böyiça topşiriqlar berdi. Eslatib ötamiz, avvalroq xorijdan Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi oşib, ötkazmalar tarkibida Rossiyaning uluşi qisqargani ma’lum bölgandi.

Isroilning Toşkentdagi elçixonasini yoqib yuborişga uringan talaba 5 yilga qamaldi. Ma’lum bölişiça, Jahon tillari universitetining 2-kurs talabasi bölgan 20 yoşli yigit ötgan yili 19 oktyabr kuni Isroil elçixonasi oldiga borib, devor oşa içkariga kerosin solingan şişa idişni uloqtirgan vaqtda uni harakatlarini Milliy gvardiya xodimlari töxtatib qolgan. U sudda Ğazodagi şifoxonaga bomba taşlangani uçun Isroildan öç oliş maqsadida şunday qilganini aytgan. Yakkasaroy tuman sudi yigitni terrorizm moddasi böyiça 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston maxsus xizmatlarining rahbarlari Farğonada uçraşdi. Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov qöşni davlatlardagi hamkasblari bilan xavfsizlik masalalari, şu jumladan qirğiz-tojik çegarasini belgilaş masalasini muhokama qilgan. Taxminlarga köra, Özbekiston tomoni çegara masalasida Qirğiziston va Tojikiston örtasida vositaçilik qilayotgan bölişi mumkin. Özbekiston tomonining rasmiy xabarida aytilişiça, muzokaralar yakunida Qirğiziston-Tojikiston çegarasiga oid ikki tomonlama şartnomani tayyorlaşga kelişib olingan.

Farğonaning Qöştepa tumani prokurori örinbosari 2 ming dollar bilan qölga olindi. DXX xabariga köra, u işi sudda körilayotgan boğça rahbaridan unga yengilroq jazo qilib beriş va’dasi bilan jami 3 ming dollar olgan. Namanganning Çortoq tumanida esa tuman hokimining qişloq xöjaligi böyiça örinbosari uşlandi, u 2,5 ming dollarlik korrupsion jinoyat işiga aloqadorlikda aylanyapti. Yana bir holatda Toşkent viloyati Angren şahar elektr ta’minoti korxonasi boşliği örinbosari öz rahbarining oğzaki topşiriğiga asosan 40 mln söm pora olgan vaqtida uşlangan.

Toşkentda daraxt qulaşi oqibatida 1 yoşli çaqaloq halok böldi. Çilonzor 5-mavzesidagi voqeaga issiqlik suv quvurlaridagi ta’mirlaş işlari sabab bölgan bölişi mumkin. Issiqlik tizimi operatori – Veolia Energy xodimlari bu yerda qurib qolgan daraxt borligiga qaramay, unga juda yaqin joyda qaziş işlarini olib borgan, bu esa yoşini yaşab bölgan daraxtning qulaşini tezlaştirib yuborgani aytilyapti. Qaziş işlari vaqtida hudud xavfsizlik talablari asosida örab qöyilmagan. Holat böyiça jinoyat işi qözğatilgaç, Veolia kompaniyasi iş jarayonlariga özgartiriş kiritişini ma’lum qildi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova