Aleksey Navalniyning Ufadagi ştabi sobiq koordinatori Liliya Çanişeva Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga afv etişini sörab ariza yozdi. RT kanali bu haqda 13 may, duşanba kuni birinçi bölib xabar berdi, bu ma’lumotni Çanişevaga yaqin bölgan «Novaya gazeta. Yevropa» manbasi tasdiqladi.
RT Navalniy tarafdorining Putinga qilgan murojaati töliq versiyasini e’lon qildi. Unda Çanişeva 2021 yilda Rossiya Federatsiyasida faoliyati taqiqlangan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jamğarmasi («FBK») rahbariyatidan ketgani va şundan beri ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan şuğullanişni töxtatganini yozadi. Şuningdek, u 400 ming rubl miqdoridagi jarimani tölaganini, 9,5 yillik qamoq jazosidan 3,5 yilni ötab bölganini ta’kidladi va Putindan uni jazodan ozod qilişni söradi.
Çanişeva öz qöli bilan yozgan arizasida u surunkali kasalliklardan aziyat çekayotgan va özlariga yetarli darajada yordam bera olmaydigan ota-onasiga kerakligini ta’kidladi. Kanal yozişiça, Çanişevaning ota-onasi «uning qarorini ijobiy baholagan». «Novaya gazeta. Yevropa» suhbatdoşiga köra, u ilgari advokati Ramil Gizatullin bilan afv etiş töğrisida ariza yozişni muhokama qilgan.
Liliya Çanişevaning işi
2017-2021 yillarda Aleksey Navalniyning Ufa ştabini boşqargan Çanişeva 2021 yilning kuzida Navalniy va uning şeriklariga qarşi qözğatilgan «ekstremistik» jamoa tuziş böyiça jinoiy işda birinçi bölib uşlangan edi. U 2021 yil noyabr oyida hibsga olingan va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining uçta moddasi bilan ayblangan.
2023 yil iyun oyida Liliya Çanişeva Ufaning Kirov tuman sudi tomonidan «ekstremistik hamjamiyat yaratiş», «ekstremizmga da’vat qiliş», şuningdek, «şaxs va fuqarolarning erkinliklariga tajovuz qiluvçi NNT tuziş» ayblovlari bilan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Prokuror Çanişevani 12 yilga ozodlikdan mahrum qilişni söradi.
Çanişeva öziga qarşi jinoiy işni siyosiy deb atagan
Yopiq sud majlisida sönggi söz bilan çiqiş qilgan Çanişeva özining jinoiy işini siyosiy deb atadi hamda uni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Boşqirdiston rahbari Radiy Xabirov tomonidan ta’qib qilinişi bilan boğladi. «Ular uzoq vaqtdan beri har qanday norozilikni yöq qilişni, odamlar va hukumat örtasida duşmanlik muhitini yaratmoqçi bölganidan yagona maqsad - 2024 yilda hokimiyatni saqlab qoliş. Lekin ular - korrupsiya, past maoş va pensiyalar, pasayib borayotgan iqtisodiyot va kötarilgan narxlar. Ular - uruş», dedi u.













