Joriy yilning 1 iyunidan tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga kompleks ijtimoiy xizmatlar körsatişning yangi tizimi yölga qöyiladi. Bu haqida prezident qarori qabul qilindi. Xöş, yangi qaror avval közda tutilmagan nimalarni belgilab bermoqda?
Endi zöravonlikka uçraganlarning umumiy platformasi böladi
Huquqşunos Kamola Aliyeva bu haqida ma’lumot berdi.
“Bu zöravonlikdan jabrlangan ayolga tibbiy xizmat oliş imkoniyatini beradi. Ular uçastka nozirlari va mahalla xotin-qizlar faoliga murojaat qilgandan keyin markaziy şifoxonalardagi tezkor bölimlariga joylaştiriladi. Bu birlamçi kömak xonalari deb nomlanadi. U yerda jabrlangan şaxslar va ularning farzandlariga tibbiy va psixologik yordam körsatiladi. Oldin bunday xonalar mavjud emas edi, bu yangilik hisoblanadi.
Keyingi bosqiçda agar lozim topilsa ularga himoya orderi beriladi va yagona milliy platformaga barça ma’lumotlar kiritiladi. Bu “Inson” himoya markazlarida amalga oşiriladi. Zöravonlikdan jabrlanganlar böyiça umumiy ma’lumot beradigan bunday platforma bizda şu paytgaça bölmagan edi. Zöravonlar bilan nozirlar va xotin-qizlar faoli suhbatlaşgaç, ularning agressiv xulqini tuzatiş böyiça tegişli işlar amalga oşiriladi. Bu zöravonlik yana takrorlanmasligi uçun qilinadi”.
Zöravonlar va bunga moyil şaxslar reyestri
2025 yildan esa zöravonlik sodir etgan, bunga moyil bölgan şaxslarning umumiy reyestri yuritiladi, ya’ni bu reyestrga kirgan şaxslar uçun alohida nazorat yuritiladi.
Huquqşunosning aytişiça, Özbekistonda bu kabi barça tizimlarning muvofiqlaştirilgan tarzda işlaşi yölga qöyilmagan edi. Agar bu qaror kuçga kirsa va uning ijrosi yaxşi ta’minlansa tazyiq va zöravonlikdan jabr körgan şaxslar yetarli yordamni olişlari mumkin böladi. Yordam körsatilgandan keyin jabrlanuvçi 6 oy davomida tegişli idoralarning barçasi: Içki işlar idoralari, “Inson” markazi tomonidan nazorat ostida böladi. Ularning reabilitatsiyasi, ijtimoiylaşuvi ham e’tiborga olinadi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 3 may kuni ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillaştirişga oid takliflar taqdimoti bilan tanişar ekan, zöravonlik holatlarida ijtimoiy xizmatlar körsatişning 3 bosqiçli yangi tizimini joriy etiş haqida












