Samarqand 13-14-may kunlari Osiyo xotin-qizlari xalqaro forumiga mezbonlik qildi. Dunyoda ilk bor deya ta’rif berilayotgan bu anjuman, prezident Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasi 78-sessiyasida bergan taklifi asosida bölib ötdi.

Xorijlik mehmonlar bilan gavjum bölgan forum, taşkilotçilarning ma’lum qilişiça, 30 dan ortiq davlatdan 400 ga yaqin faol ayollarni özida jamlagan.

Forumda qatnaşgan Özbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning ta’kidlaşiça, jahonda siyosiy va iqtisodiy beqarorlik davom etar, turli nizolar, yangi xatarlarning xavfi yuqori darajada saqlanar ekan, xotin qizlarning davlat boşqaruvi, şuningdek, har jabhada faol bölişi zamon talabi bölib qolaveradi. Yuqori palata raisi, şuningdek, bugun Özbekiston “qiz bolani öqitmasa ham bölaveradi”, “qiz bola uyda ötirişi kerak”, degan eski stereotiplarga töla barham berişga urinayotganini ham qöşimça qildi.

Xalqaro forumning asosiy mehmon va spikerlaridan hisoblangan BMTning Ayollar işlari böyiça ijroçi direktori Sima Baxusning fikriça, ayollar qançalik uluğlanmasin, ularning iqtisodiyotdagi teng iştiroki hali ta’minlanmagan. Masalan, butun dunyo böylab, 2,7 milliarddan ortiq ayollar qonuniy ravişda erkaklar bilan bir xil mezonlar asosida iş tanlay olmaydi. Iş bilan band ayollar erkaklarga qaraganda örtaça 20 foiz kam maoş oladi, deydi Sima Baxus.

Markaziy Osiyo ayollar muloqoti koordinatori Aynura Usupbekovaning sözlariga köra, köpdan köp deklaratsiya va rezolyutsiyalarni imzolayveriş mumkin, lekin eng asosiysi – hujjatlar amalda işlaşi kerak. Bundan taşqari, u Markaziy Osiyoda milliy mentalitet gender tengligini ta’minlaş siyosatiga xalaqit berişini qayd etdi. Bunda yeçim esa xalqaro huquq normalaridir. Ya’ni bu davlatlar jahon hamjamiyati tan olgan hujjatlarni ratifikatsiya qilar ekan, undagi normalarni ham bajarişga majbur.

“Mintaqaning har bir davlatida gender tengligiga oid qonunçilik ideal tartibga solingan bölişi mumkin: ijtimoiy yordamlar bor, ayollar uçun maxsus kvotalar bor, ayollarni iqtisodiyotga, siyosatga tortiş – hammasi mahalliy qonunçilikdan örin olgan, lekin men katta bir minusni aytmoqçiman. Eng nozik nuqta – [muammo borligini/jiddiyligini] tan olmaslik yoki töğri tuşunmaslik.

Markaziy Osiyo uçun gender tengligini ta’minlaş deganda faqat ayollar köz oldimizga kelaveradi. Aslida esa bu faqat ayollarning muammosi emas, jamiyatning, rahbarlarning, siyosat maydonidagilarniki ham. Agar ular buni tuşunsa, vaziyat yaxşilanişi osonlaşadi, çunki qonunçilik va budjet masalalarida asosiy rol ularda qolyapti”, – deydi Aynura Usupbekova.