Hayotiy hikoyalar turkumidan berib borilayotgan navbatdagi hikoya qahramoni sovet davrida “GAZ-24 Volga” maşinasini sotib olib, firibgarga çuv tuşgan inson.

U maktubida 1980-yillar örtalarida Rossiyada maşinafuruşdan “Volga” maşinasini sotib olganini va e’tiborsizligi tufayli undan ayrilganini hikoya qiladi.

“Yaqinda Kun.uz’da “GAZ-24 Volga” maşinasining tarixi haqida öqib qoldim. Öşa maqolada “GAZ-24 Volga” maşinalari Özbekistondagi magazinlarga kelmasdi, ularni kavkazlik yoki ukrainaliklar olib kelib, ustiga katta pul qöyib sotib ketişardi” deb yozilgan ekan, bu töğri.

Biroq maşinafuruşlar faqat kavkazlik yoki ukrainalik emasdi, boşqa millat vakillari, şu jumladan ruslar, özbeklar ham bor edi. Faqat kavkazliklar va ukrainaliklar bu işning ustasi bölgan.

Men ham 1980-yillar örtalarida Rossiyaga borib “GAZ-24 Volga” maşinasini aynan maşinafuruşdan ikki barobar qimmatiga sotib olganman. Biroq öşanda sotuvçilar firibgarlik qilgan va men maşinadan ayrilganman. Buning tarixi quyidagiça bölgan:

Bizning tumanimiz ob-havosi biroz salqin bölgani uçun azaldan paxta ekilmaydi. Asosan uzumçilik bilan şuğullanamiz. Uzumzorlar faqat quritiladigan navlardan iborat.

Sovet davrida ham asosiy daromadimiz ana şu uzumzorlardan edi. Esimda, 1978-79 yillarda Moskva SSSRdagi beş mingta rayon orasida faqat bizning rayonga yerlarni xalqqa ijara asosida tarqatişga ruxsat berdi.

Şundan söng juda katta qir-adirlar odamlarga bölib berildi. Kimgadir 20 sotix tegdi, kimdir bir gektar yer oldi. Ijara şarti şunday edi – uzumzor boğlar hosilga kirguniça beş yil odamlar yer haqi uçun heç narsa tölamaydi.

Boğlar hosilga kirgandan söng kolxoz uzum va mayizdan reja belgilaydi. Yer egasi rejani bajarsa hosilning qolgan qismi öziga tegadi. Şu tariqa, 1979-80 yillarda ijara yerga ega bölgan odamlar 1985 yilga kelib boğlardan hosil ola boşladi. Kolxoz hosilning 20-30 foizini olar, ortgani odamlarning özida qolardi.

Öşa paytlarda mayizlarning narxi yaxşi bölgani uçun ijara boğlar şarofati bilan odamlarning qöli pul kördi. Öşa paytda menga ham bir gektar yer tekkan, oradan beş-olti yil ötib uzumzor boğimdan tonnalab mayiz quritadigan bölgandim.

Bundan taşqari, öşa paytda kuzdan bahorgaça savdo bilan şuğullanardim va boğdan çiqqan mayizlarni Rossiyaning turli şaharlariga olib borib sotardim.