Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasi Özbekiston bilan 2024 yilgi maslahatlaşuv yakunlari böyiça bayonotni e’lon qildi. Unda Özbekiston hukumati uçun qator tavsiyalar keltirib ötilgan.
Pul-kredit va almaşuv kursi siyosati
XVJ missiyasiga köra, pul-kredit siyosatida inflatsiyani pasaytirişga ustuvor ahamiyat berişni davom ettiriş lozim. Özbekiston Markaziy banki narxlar dinamikasini diqqat bilan kuzatişni davom ettirişi va inflatsiya barqaror pasayiş trayektoriyasiga kirgunga qadar qat’iy pul-kredit siyosatini saqlab turişi kerak. Agar energiya narxlarining oşişi bazaviy inflatsiya va inflyatsion kutilmalarga ta’sir qilsa, Markaziy bank asosiy stavkasini oşiriş maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Missiya Markaziy bankning pul-kredit siyosati sohasidagi qarorlarini keng jamoatçilikka yetkaziş borasidagi sa’y-harakatlarini olqişlaydi, bu esa inflyatsion kutilmalarni yanada jilovlaşga yordam beradi.
Xalqaro kuzatuvçilarning qayd etişiça, Özbekistonda pul-kredit siyosatining transmissiyasini yanada kuçaytiriş böyiça işlar davom ettirilişi kerak. Muvozanatli pul-kredit siyosatini davom ettiriş va Markaziy bankning mustaqilligi yanada oşirilişi iqtisodiyotda dollarizatsiya darajasini pasaytiriş va transmission kanallarni mustahkamlaşga yordam beradi.
Moliya sektoridagi islohotlarni jadallaştiriş, şu jumladan, davlat banklarini xususiylaştiriş, direktiv kreditlaş hajmlarini qisqartiriş va banklararo pul bozor imkoniyatlarini oşiriş moliyaviy vositaçilikni rivojlantirişga, likvidlikning tarkibiy profitsitini kamaytirişga va mahalliy kapital bozorini rivojlantirişga yordam beradi. Valuta kursining moslaşuvçanligi yanada oşirilişi şoklar ta’sirini kamaytirişga va zaxiralarni barqaror saqlaşga yordam beradi.
Tarkibiy islohotlar
Bayonotda mamlakat rahbariyati tomonidan tarkibiy islohotlarning ustuvor yönalişlari töğri belgilangani, davlatning iqtisodiyotdagi uluşini bosqiçma-bosqiç kamaytiriş va ösib borayotgan aholi uçun iş örinlarini yaratişga qaratilgani qayd etilgan.


















