Taşrif ikki bosqiçda bölib ötdi. Putin va XXR raisi Si Jinping birinçi kuni keng va tor doiradagi muzokaralarda eng dolzarb siyosiy va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan. Davlat taşrifining ikkinçi kuni esa Harbin şahrida körgazma va biznes forum bilan ötdi.
Ğarb naşrlariga köra, uşbu taşrif ikki avtokratik yetakçi örtasidagi yaqin aloqalarni yanada mustahkamlaydi. Bu taşrif Ukrainada harbiy harakatlar faollaşgan davrga töğri keldi va muzokaralarda uşbu uruş ham muhokama etilgani aniq.
Xalqaro munosabatlar tarixi böyiça ekspert Abror Rustamovning fikriça, Putinning safari Rossiya va Xitoy aloqalarida yangi sahifani oçmaydi. Pekin tinçlik va neytrallik tarafdori bölsa-da, odatdagidek Rossiyaning taraf bölişda davom etmoqda. Ekspert rasmiy Pekin uçun uruşda Moskvaning yengilişi – yaxşi yakun emasligini, Xitoy öz qarşisida raqobatçi sifatida faqat AQŞning bölişiga yöl qöya olmasligini ta’kidlaydi.
Eslatib ötamiz, Ukrainadagi uruş ortidan Ğarb sanksiyalari Rossiyaning xalqaro savdodagi örnini deyarli yöqqa çiqardi. Pekin esa şunday şaroitda Moskva uçun hayot yöli vazifasini ötadi. AQŞ razvedkasining 2023 yil iyul oyida bergan hisobotida keltirilişiça, uruş davridagi yaqinlik yuqoridagi holat bilan çeklanmaydi. Xitoy Moskvaga Ukrainada uruş olib boriş uçun foydalanayotgan asosiy texnologiyalar, jumladan dron va qiruvçi samolyotlar qismlarini taqdim etişda davom etayotgan bölişi mumkin.










