X mikrobloglar xizmati deyarli 20 yildan beri foydalanib kelayotgan twitter domeni bilan xayrlaşdi. 17 may, juma kuni X Corp direktorlar kengaşi raisi, amerikalik tadbirkor Ilon Mask: «Endi barça asosiy tizimlar x.com’da joylaşgan», deb yozdi. Eski havolalarni bosişga urinayotganda, foydalanuvçilar avtomatik ravişda yangi domen nomiga yönaltiriladi. 

AQŞda işlab çiqilgan Twitter 2006 yilning iyul oyida işga tuşirilgan va foydalanuvçilarga 140 belgidan ortiq bölmagan xabarlar almaşiş imkonini bergan. 2022 yil oktyabr oyida Mask platformani 44 milliard dollarga sotib oldi. Tadbirkorning özi xaridni söz erkinligini himoya qiliş va senzurani rad etiş istagi bilan izohladi. 2023 yil iyul oyida ijtimoiy tarmoq nomi va logotipini özgartirdi. 

Twitter’ni sotib olgaç, Mask platformaga özgartirişlar kiritişni boşladi. Xususan, foydalanuvçining haqiqiyligini tasdiqlovçi kök belgini faqat pulga oliş huquqi joriy etildi. Bundan taşqari, foydalanuvçilar öqişi mumkin bölgan postlar soniga vaqtinçalik çeklovlar joriy etildi. Mask tanqidçilari fikriça, mulkdorlar almaşganidan keyingi birinçi yil davomida ijtimoiy tarmoq tajovuzkor ritorika va notöğri ma’lumotlar tölqini bilan tölib-toşgan.