Turin klubi rahbariyati bugun yiğiliş ötkazib, italiyalik mutaxassisni iste’foga çiqardi.
«Murabbiyning iste’fosiga uning Italiya kubogi finalidan keyingi xatti-harakati sabab böldi. Klub bunday holatni «Yuventus»ning qadriyatlariga xos emas, deb hisoblaydi. Allegri bilan 2014 yil boşlangan, 2021 yildan yana davom etgan hamkorlik yakunlandi. «Yuve» murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilaydi», - deyiladi xabarda.
Turinliklar kuni keça Italiya kubogi finalida «Atalanta»ni mağlub (1:0) etib, sovringa ega çiqqandi. Final yakunlanişiga yaqin esa Allegri hakamlar bilan asabiy tarzda tortişgan, boş hakamning qaroridan norozi ohangda zaxiradagi hakamga baqirib, uning oldida libosini yirtgan va qizil kartoçka bilan öyindan çetlatilgandi.
Finaldan keyin esa 56 yoşli murabbiy yana bir mojaroga aralaşib, «Tuttosport»ni yolğon xabarlarni tarqatişda ayblab, uning muharririga oçiqçasiga tahdid qilgandi. Turin klubi esa murabbiyning qöpolligi uçun hakamlar va naşrdan uzr söragandi.
Allegri 2021 yildan buyon jamoani boşqarib, klub uning qöl ostida Italiya kubogiga ega çiqdi. Massimiliano faoliyati davomida 5 karra Italiya kubogi sohibiga aylangan.












