Toşkent viloyati, Toşkent tumani, «M.Fozilov» mahallasidagi uylardan birida istiqomat qiluvçi bola FVV xodimlari kömagida noxuş vaziyatdan xalos etildi.

Qayd qilinişiça, 5 yoşli bola ehtiyotsizlik oqibatida suv krani uçun qazilgan öraga tuşib ketgan va tizzasi bukilgan holda tiqilib qolgan.

Uy egalari uni öradan çiqarib olişga harakat qilişgan, ammo barça işlar samarasiz bölgan. Şundan söng, FVV xodimlariga murojaat qilişgan.

Ta’kidlanişiça, FVV xodimlari maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida bolani öradan çiqarib olişgan. Uning ahvoli yaxşi ekani tufayli tibbiy yordam zarurati bölmagan.