BMT Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Ahmad Xon Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu, isroilliklar mudofaa vaziri, şuningdek falastinliklarning Hamas guruhining uç yetakçisini hibsga oliş uçun order berişni söragan. Xonning hisoblaşiça, ularning barçasi Hamasning Isroilga hujumi vaqtida, şuningdek bunga javoban Isroil kuçlari Ğazo sektorida boşlagan amaliyot vaqtida harbiy jinoyatlar sodir etilişida aybdordir.

Xalqaro jinoyat sudi saytida e’lon qilingan rasmiy xabarda yozilişiça, Hamasning Ğazodagi yetakçilari Yahyo Sinvar, guruhning siyosiy qanoti rahbari Ismoil Xoniya, şuningdek uning harbiy qanoti rahbari Muhammad Diab al-Masriy insoniyatga qarşi jinoyatlar, şuningdek harbiy jinoyatlar sodir etişda aybdor sanaladi.

Xonning bayonotida Netanyahu va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant boşqa narsalar qatori, oçlikdan uruş olib boriş vositasi sifatida foydalaniş, tinç aholini öldiriş va boşqa harbiy jinoyatlarida aybdor ekani keltirilgan.

Sönggi kunlarda isroillik rasmiy şaxslar XJS Isroil hukumatining yuqori martabali amaldorlarini hibsga olişga order tayyorlanayotganidan xavotir bildirayotgandi, bu Ğazoda ötgan yil oktyabrida boşlangan uruş davrida Isroilga qarşi qöllangan eng jiddiy xalqaro huquqiy çora böladi.

Haagada joylaşgan Xalqaro jinoyat sudi BMTning eng yuqori instansiya sudi  hisoblanadi. Ammo Isroil Rim statutini ratifikatsiya qilmagan va XJS yurisdiksiyasini tan olmaydi.

7 oktyabr kuni Hamas va boşqa kiçik guruhlar a’zolari Isroil janubiga bostirib kirib, kamida 1200 kişini öldirgan (ularning aksari tinç aholi vakillari bölişgan) va 240 ga yaqin kişini garovga olişgandi.

Bunga javoban Ğazoda Isroil tomonidan boşlangan vayronkor yuriş şu vaqtgaça 35 mingdan ortiq kişini hayotdan olib ketdi, ularning köpçilik qismi ayollar va bolalardir.