21 may, seşanba kuni boş vazir Donald Tusk Polşa rasmiylari qöporuvçilikni sodir etişda gumon qilib, töqqiz kişini qölga olgani töğrisida xabar berdi. «Bu kaltaklaş, öt qöyiş va öt qöyişga urinişga taalluqli», dedi u va gap yollanma şaxslar haqida ketayotganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, «ba’zida bular jinoyat olami odamlari, Ukraina, Belarus va Polşa fuqarolari».
Xususan, boş vazirning ta’kidlaşiça, Polşa ğarbidagi Vrotslav şahrida böyoq zavodiga öt qöyişga uriniş töxtatilgan. Öt qöyiş, «şubhasiz, buyurtma qilingan», deb hisoblaydi u. Tusk Litva, Latviya va Şvetsiyada ham xuddi şunday qöporuvçilik harakatlari sodir bölayotganini eslatib, vaziyatni öta jiddiy deb baholadi. U 9 mayga ötar keçasi Vilnyusdagi IKEA dökonining omborida sodir bölgan yonğinni esladi. Obektda tovarlar yoqib yuborilgan, Litva politsiyasi ham öt qöyiş ehtimolini tekşirmoqda.
Polşa prezidenti Anjyey Duda 14 may kuni sönggi kunlarda mamlakatning turli hududlarida beş-oltita jiddiy yonğin sodir bölganini aytdi. Uning sözlariga köra, «bular öt qöyiş bölişi mumkin, deb gumon qilmaslik qiyin, lekin aslida mamlakatdagi vaziyatni beqarorlaştirişga urinişdir». Polşa Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Yatsek Severa, öz navbatida, xorij maxsus xizmatlari sodir bölayotgan voqealarga aloqador bölişi mumkinligini taxmin qildi.
Polşa maxsus xizmatlari işi kuçaytirildi
Avvalroq Donald Tusk Polşa razvedka xizmatlari işi kuçayganini ma’lum qilgandi. Uning aytişiça, fuqarolik va harbiy kontrrazvedka uçun yana 100 million zlotiy (25 million yevro) ajratilgan. Tusk, şuningdek, Varşava «xizmatlar va ittifoqçilar huşyorligi tufayli» bir neçta qöporuvçilik harakatlarining oldini olganini aytdi.
Sönggi bir neça hafta içida Varşava Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdni tayyorlaşda yordam berganlikda gumon qilingan şaxs uşlangani, şuningdek, mart oyida Vilnyusda Leonid Volkovga hujum uyuştirganlikda gumon qilingan belaruslik qölga olingani haqida xabar bergan edi. Uşbu iş doirasida ikki polyak ham uşlangan.












