Şu yil 19 aprelda qabul qilingan 162-sonli prezident qaroriga muvofiq, respublikadagi mingdan ziyod davlat va davlat iştirokidagi korxonalar ommaviy savdolarga çiqarilişi belgilandi.

Röyxatdan turli ijtimoiy obektlar, xususan, maktab, boğça, şifoxonalar binolari ham örin olgan.

Şu jumladan, Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan, “Şörtan” gaz-kimyo majmuasi tasarrufidagi “Erkatoy” nomli 4 ta boğça ham sotilişi mumkin, bular:

  • Nişon tumani Nuriston şaharçasidagi 140 örinli (1,7 gektar) “Erkatoy-1” boğçasi;
  • Nişon tumani Nuriston şaharçasidagi 140 örinli (1,7 gektar) “Erkatoy-2” boğçasi;
  • Qarşi şahridagi 200 örinli (1,28 gektar maydonda joylaşgan) “Erkatoy-3” bolalar boğçasi;
  • Ğuzor tumani “Mustaqillik” MFYdagi 150 örinli (0,53 gektar) “Erkatoy-4” boğçasi.

Hisob palatasiga ikki oy muddatda balansda saqlovçi vazirlik, idoralar hamda davlat iştirokidagi korxonalar tomonidan ommaviy savdoga çiqariladigan aktivlarning öz vaqtida Davaktiv agentligiga ötkazilişini nazoratga oliş topşirilgan.

Nişon tumanidagi “Erkatoy-1” boğçasi

Sotuvga çiqariladigan Qaşqadaryo viloyatidagi “Erkatoy” boğçalari qarorga “böş turgan obekt” sifatida kiritilgan. Kun.uz'ga ayni masalada boğça tarbiyalanuvçilarining ota-onalari murojaat qilib, agar bu obektlar sotilsa, ular boğça maqomini yöqotişi mumkinligidan xavotir bildirdi.

“Qarşi şahridagi “Erkatoy-3” boğçasi böş turgan obekt emas, unda hozirgi kunda 200 dan ziyod tarbiyalanuvçi tahsil oladi. Viloyatdagi 4 ta “Erkatoy” boğçalarida jami 700 dan ziyod bolalar tarbiyalanadi. Bu obektlar qanday qilib “böş turgan imorat” maqomini olgani biz uçun tuşunarsiz. Ular sotilsa, bolalarimiz köçada qoladimi? Bu boğçalar 2006-2009 yildan buyon bolajonlar har tomonlama soğlom va yetuk avlod bölib yetişişi yölida xizmat qilib kelyapti”, deyiladi tahririyatga yöllangan murojaatda.

Tahririyat suhbatlaşgan ota-onalardan yana biri agar boğça öz boğça maqomini saqlab qolsa, investor şu majburiyatni zimmasiga olsa, ota-onalar ham, maktabgaça ta’lim muassasalarining özi ham sotilişiga qarşi emasligini bildirdi.