Yevropa Ittifoqi sun’iy intellekt (SI)dan foydalaniş qoidalarini kuçaytirmoqda. SI bilan işlaş uçun bir qator ilovalarni taqiqlaşni nazarda tutuvçi tegişli qonun 21 may, seşanba kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning tegişli vazirlari tomonidan ma’qullandi.
Özgarişlar taşabbuskorlari sun’iy intellekt texnologiyasining xavfsizligi va şaffofligini yaxşilaşga intilmoqda. Ayniqsa, muhim infratuzilma, ta’lim va soğliqni saqlaşda foydalaniladigan tizimlar qat’iy talablarga javob berişi kerak.
Yevropa Ittifoqi qadriyatlarini buzadigan ba’zi SI ilovalari taqiqlanadi. Bularga, jumladan, ijtimoiy reyting kiradi (social scoring). Ommaviy kuzatuv vositalaridan foydalangan holda turli mezonlar böyiça tuzilgan odamlarning bunday reytinglari, xususan, Xitoyda ança maşhur. Hissiyotlarni aniqlaş texnologiyalari ham Yevropa Ittifoqida – iş joyida va ta’lim muassasalarida taqiqlangan.
Yuzni tanib oliş - politsiyaga qulay
Taqiq jamoat joylarida yuzni taniş texnologiyalariga, masalan, videokuzatuvdan foydalanişga ham tegişli. Biroq, istisnolar mavjud: politsiya va boşqa xavfsizlik idoralari, qonun matniga köra, odam savdosi yoki terrorizm kabi muayyan jinoyatlarga qarşi kuraşiş uçun bunday vositalardan foydalaniş huquqiga ega.
Yevropa Ittifoqida yangi qoidalar sun’iy intellekt tizimlarini işlab çiqadigan, ta’minlovçi yoki işlatadigan har bir kişi uçun amal qiladi. Huquqiy qoidalar Yevropa Ittifoqi va undan taşqarida davlat va xususiy bozor iştirokçilariga ta’sir qiladi. Qoidabuzarliklar pul jarimalariga olib keladi. Yangilik global darajadagi birinçi qonun bölib, sun’iy intellektni tartibga soliş uçun standartni örnatişi mumkin, deya ta’kidlaydi dpa agentligi.
Germaniyadagi AT sanoatining tanqidi
Germaniyaning axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sanoat assotsiatsiyasi Bitkom yangi qoidalarni tanqid qildi, çunki ular bir qator muhim savollarga javob bermaydi. Germaniya va boşqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida SIni tartibga soliş böyiça işlar endigina boşlanmoqda, dedi Bitkom raisi Ralf Vintergerst. Sun’iy intellektning rivojlanişi qonunçilik bazasi va uning Germaniyada mos kelişi - u qöllab-quvvatlanişi yoki yangi tösiqlarga duç kelişiga boğliq, deya ta’kidladi Vintergerst.
Vazir Vissing: Özgartiriş kiritişdan qörqmang












