Vazirlar Mahkamasi 16 may kuni “Özbekiston Respublikasining 2024 yil II çoragiga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” qaror qabul qildi.

Qarorda “Özbekneftgaz”ga tegişli Çinoz neftni qayta işlaş zavodi, avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari va neft konlaridagi uskunalarni sotiş közda tutilgan.

Bu aktivlar umumiy hisobda 70 mln dollarga baholangan. Xorijiy hamkor yoki kreditor sifatida Saneg va Petroleum Technology Group körsatilgan (Şveytsariya, Kipr va Rossiya kompaniyalari). 70 mln dollarlik kelişuvlar 2024 yil aprel oyiga belgilangan.

Eslatib ötamiz, Özbekistondagi eng yirik benzin şoxobçalari tarmoği, “Özbekneftgaz”ga tegişli bölgan UNG Petro va Çinoz neftni qayta işlaş zavodi xususiylaştirilgani mart oyi boşida ma’lum bölgandi. Bu aktivlar “Petroleum Technology Group” MÇJ egaligiga ötgan. Bu MÇJga sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning öğli Doniyor Komilov egalik qiladi.

Rasmiy idoralar bu xususiylaştiriş jarayonlari böyiça hozirga qadar ma’lumot bermay kelmoqda. Ularning har biri qança narxga sotilgani ma’lum emas.

Ayni paytda umumiy 70 mln dollarga baholangan zavod, benzin şoxobçalari tarmoği va neft konlaridagi uskunalar qatorida, aynan qaysi neft konlaridagi qaysi va qança miqdordagi uskunalar haqida gap ketayotgani noma’lum.

Ma’lumot uçun, Saneg kompaniyasi Özbekistondagi 103 ta neft va gaz konlariga egalik qiladi. Avval “Özbekneftgaz”ga tegişli bölgan bu konlar böyiça xususiy korxonaning huquqlari qanday yuzaga kelgani haqida rasmiylar izoh bermagan. Saneg, şuningdek, Farğona neftni qayta işlaş zavodini ham xususiylaştirib olgan.