Toşkent şahri, Sayilgoh köçasida joylaşgan sobiq MXX binosi hududidagi daraxtlar boşqa joyga köçirilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi xabar berdi. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bu daraxtlar kesilib, noma’lum tomonga olib ketilayotgani haqida xabar tarqalgan edi. 

Qayd qilinişiça, holat Ekologiya vazirligi işçi guruhi tomonidan örganilgan va hududdagi 26 tup eman daraxti belgilangan tartibda boşqa hududga köçirilayotgani ma’lum bölgan. 

Jarayonga mas’ul «Muna Mag» korxonasi rahbari Farrux Hakimov sözlariga köra, boşqa hududga köçirilgan daraxtlar töliq yaşab ketişi uçun barça zarur çora-tadbirlar köriladi. 

«Ayni damda 14 tup eman daraxti köçirildi. Qolgan 12 tup daraxtni ham köçiriş jarayoni ketmoqda. Bunda barça agrotexnik tadbirlar bajarilmoqda, daraxtlar yaşab ketişi uçun zarur öğitlar, ozuqa moddalari bilan ta’minlanmoqda. Boşqa hududga köçirilgan daraxtlar töliq yaşab ketadi va buning uçun barça zarur çora-tadbirlar köriladi», deb uning sözlarini keltirdi vazirlik. 

Mutaxassisning ta’kidlaşiça, bu daraxtlar köçirib ötkazilganidan keyin 3 yil davomida doimiy suğoriş, öğitlaş, ildiz tizimini oziqlantiriş, haşarotlar va zararkunandalarga qarşi kuraş va boşqa zarur işlar amalga oşiriladi. Köçirilayotgan daraxtlar Toşkent viloyatidagi boğ uçun möljallangan hududga ötqaziladi.